zardushtiylik dini Reja: zardushtiylik dini Moniy ta'limoti (216-277 yillar) Mozdak ta'limoti (470-529 yillar) zardushtiylik dini. «Avesto» - eng noyob yozma manba Sharq, xususan Turkiston bilan Eron xalqlarining fal-safiy fikrlari tarixini zardushtiylik dini va uning yozma manbasi bo'lgan «Avesto» kitobisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Mazkur din va «Avesto» to'g'risida Sharq va G'arb olimlari juda ko'p yaxshi ma'lumotlar qoldirganlar. Masalan, marhum akademik Ibrohim Mo'minov «Avesto» Turkiston, Eron, Ozarbayjon xalqlarining shu mamlakatlarni arablar tomo-nidan bosib olgunga qadar (VII-VII asrlar) bo'lgan davrlari-da yaratilgan falsafiy, ruhiy, etnografik, tabiatshunoslik sohalaridagi bilimlarning yozma manbasi, deb hisoblaydi. Sharq xalqlari orasida juda mashhur bo'lib kelayotgan «Shohnoma» dostonining muallifi Abdulqosim Firdavsiy esa o'zining «Shohnoma»si va «Gushtop» dostonining alohida boblarini «Avesto»ga bag'ishlagan, Turkiston va Eron xalqlarining islom dini kirib kelgungacha bo'lgan dini zardushtiylik dini edi. Bu dinning asoschisi payg'ambar Zardo'sht degan xorazmlik olim edi. Zardo'sht Sharqning donishmandlar peshvosi, birinchi faylasufi, notig'i, shoiri, din qonunshunosi hisoblangan. Tadqiqotchi olimlarning ko'rsatishicha, Zardo'sht eramizdan oldingi VI asrda yashagan. U Xorazm hokimligiga qarashli chorvadorlik bilan shug'ullangan Spitama urug'idan bo'lgan. Otasining Paurushaspa, onasini esa Dugdava deb atashgan. Bolaligidanoq ot va tuya boqish bilan shug'ullangan. Zardo'sht chorvador qavmlari orasida yurib, ularning urf-odatlari, diniy rasm-rusumlarini o'rgangach, har xil e'tiqoddagi kishilar bilan suhbatlashgan. Malumki, qadimgi ota-bobolarimiz turli-tuman din-larga sig'inishgan, ular bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina marosim-larni bajarishgan. Zardo'sht bu qadar ko'p dinlarga sig'inish o'z xalqini birlashtirishga xalaqit qilishini tushungan. U qabi-lalar orasida tez-tez sodir bo'layotgan nizo, qirg'in urush-larning negizi ham diniy e'tiqod masalasi bilan bog'liq ekanini his qilgan. Turlicha dunyoqarashdagi keksa kishilar bilan bo'lgan suhbat, bahslar natijasida Zardo'sht ko'p xudolikning zararini to'la tushunib etadi va yigirma yoshida o'zining nortuyasiga minib (Zardo'sht - sariqtuya egasi demak-dir) qishloqma-qishloq, shaharma-shahar kezib yurib, yakkaxudo-lik g'oyasini targ'ib etadi. U uch o'g'il, uch qizi bilan oilasini xavf ostida koldirib, yagona xudo - Axuramazda haqidagi ta'limotlarni, tasavvurlarni shakllantirib tartibga soladi. U qabila, urug'chilik e'tiqodlariga qarshi yakka xudolik g'oya-sini targ'ib qilishni asosiy maqsad qilib qo'yadi. Bu ishda Zardo'sht inson ruhiyatiga yaqin turadigan xalq sheriyatidan ustalik bilan foydalangan. Zardo'sht ilgari surgan g'oyaning asosini ikki bosqich tashkil qiladi: mutloq g'oya - Axuramaz-daning yakkayu-yagonaligini tan olish. Yaxshilik bilan yomonlik, rostgo'ylik bilan yolg'onchilik, zulmat bilan nur o'rtasidagi doimiy kurash haqidagi ta'limot. Zardo'sht ta'limoti tobora xalqqa kuchli ta'sir o'tkazayotganini sezgan muxoliflari unga qarshi qatiy kurashga kirishadilar. Hayoti xavf ostida qolgan Zardo'sht bir guruh tarafdorlari bilan Eronga qochib o'tadi va o'z ta'limotini uzil-kesil shakllantiradi. Zardo'sht shoh Gushtaspning vaziri Frashashtranning qizi Kavoviga uylangan bo'lib, uning Istavatra, Urvatatnara, Xvarechitra ismli uch o'g'li hamda Freni, Triti, Pourichista ismli uch ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.98 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.98 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: doc