Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati

O'quvchilarga / Ekologiya
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati. REJA. 1. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari. 2.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning asosiy turlari. 3.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlarining vazifalari noyob tabiiy majmuilarni, tabiat yodgorliklarini, o'simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, tabiiy jarayonlarni o'rganishdan hamda tabiiy muhitni kuzatish va tadqiq etish majmuidan, aholini ekologiya bobida tarbiyalashdan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga moliq hududlardan xo'jalik maqsadida foydalanishni cheklashdan iboratdir. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlar suv kengliklari (akvatoriyalar)ning ustivor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya sog'lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlaridir. alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga z: Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari), kurort va rekreatsiya tegralari, yer usti va yer osti suvlari hosil bo'ladigan tegralar, nodir va qimmatbaho mineral konlari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo'riqlanma (oraliq) tegralari, baliq xo'jaligi tegralari, o'rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, tarixiy-tabiiy va yodgoriy bog'lar, botanika va hayvonot bog'lari, dendrariylar kiradi. -Davlat milliy tabiat bog'larining hududida: daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo'sinidagi kesish bundan mustasno); ekologik jihatdan xavf-xatar tug'diruvchi sanoat korxonalarining faoliyat olib borishiga; gidrologik va gidrogeologik tartibni o'zgartirib yuboruvchi harakatlarga; tuproq eroziyasini, shuningdek o'simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlarga; davlat milliy tabiat bog'larining faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan yo'l va muhandislik-kommunikatsiya ishlari olib borishga; kimyo va radioaktiv moddalarning chiqindilarini ko'mishga; iqlimlashtirish maqsadida tirik organizmlarni ko'chirib keltirishga yo'l qo'yilmaydi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holatining quyidagi xususiyatlari mavjud. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qo'ygan talabiga mosligi, konstitutsiyaviy ustivorlikka ega ekanligi hamda davlat tomonidan muhofaza etilishi; Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holatini o'rganish va u to'g'risidagi qonun davlat qo'riqxonalari, davlat milliy tabiat bog'lari, davlat buyurtma qo'riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari, alohida muhofaza etiladigan o'zga tabiiy hududlar va boshqa masalalarni hamda u bilan bog'liq barcha munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishi bilan; Hayvonot dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat: -kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo'lgan organizmlar - sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari; -yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to'dalari; -yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan turlari; yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari. Yangi ijtimoiy tuzum, bozor munosabatlarini mustahkamlash va ekologik siyosatni barqarorlashtirish uchun yangi huquqiy ekologik zamin bo'lib, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ularni huquqiy tartibga solishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yishi bilan; Mazkur sohani huquqiy tartibga solish bozor iqtisodiyotida qabul qilingan ekologik qonunlarni qo'llash va ular ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.02 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.02 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga