Atrof muhit va uning tozaligini saqlash muammosi RYeJA: Atrof tabiiy muhitga kishilarni moslashtirish Muhofaza qilish va rivojlanish konsepsiyasi Tabiatni muhofaza qilish qoidalari. Atrof tabiiy muhitga kishilarni moslashtirish orqali ekologik inqirozdan chiqib ketishni tavsiya etayotganlar bir tomonlama ekologik tizimlarni tashqi kuchlarga nisbatan qarshi turish (buferlik) va o'z-o'zini tiklash qonuniyatlariga ishongan holda insonlarni harakat doirasini shunga monand ravishda olib borishni tavsiya etsalar, ikkinchi tomondan kishilarni tarixan atrof muhitga moslashib borishining evolyutsion jarayonlarini jadallashtirishni yoqlab chiqadiganlar. Bu konsepsiya namoyondalari tabiat qonunlarini jamiyat qonunlariga ko'chirishga urinayotganlar desak mubolag'a bo'lmaydi. Afsuski bu qonunlar hozirgi insoniyat tarixi bosqichida ko'pincha bir-biriga zid va biri ikkinchisini inkor etishi mumkin. Masalan, atom energiyasidan keng miqyosda foydalanish va kosmik tadqiqotlarni chuqurlashtirish dasturlari ekologik tizimlarni saqlanish qonuniyatlari bilan zid bo'lgan harakatlar toifasiga kiradi. Insonlarni o'zgarayotgan tabiiy muhitga moslashishi revolyutsion tarzda emas evolyutsion tarzda, tabiiy tanlash orqali amalga oshishi bu jarayon emas, balkim qonuniyatdir. Tabiat insonning bir bo'lagi emas, balkim inson tabiatning bir bo'lagi ekanligini hech qachon inkor qilibi bo'lmaydi. O'sish chegarasi va organik rivojlanish konsepsiyasi namoyondalari Yer kurrasi resurslari imkoniyatlariga monand ravishda, ilmiy-texnik va insonlarni o'sish chegarasini belgilash yoki bunday ilmiy asoslangan o'sishni chegaralash malum bir region (mintaqa), hudud yoki ma'muriy chegarada amalga oshirishni tavsiya etadi. Afsuski, ilmiy-texnik rivojlanmasdan turib hali beri tez suratlarda o'sib borayotgan aholini hayotiy ehtiyojlarini qondirib bo'lmaydi. Ilm-fanni konservatsiya qilish va insonlarni o'sishini nol variantga tushirish 5-10 yillik tadbir emas. Bu jarayon uzoq va katta kuch talab qiladigan tadbirlardandir. Chunki bu masalani birinchi navbatda aholisi tez o'sib borayotgan va musulmon diniy e'tiqodi kuchli bo'lgan davlatlarda amalga oshirish kerak bo'ladi va bu juda mushkul ishdir. Lekin Rim klubi a'zolarining modeli (buning filiali Toshkent klubi) jahon iqtisodiyotining malum bir tipdagi regionlarda ilmiy-texnik yutuqlarni hayotga keng tadbiq qilish va oilani rejalashtirishni shu yerdagi iqtisodiy, madaniy, tarixiy, ma'naviy holat darajasiga qarab turib o'sish va organik rivojlanishni cheklashni tavsiya etadiganlar. Global boshqaruv konsepsiyasi - atrof tabiiy muhit komponentlari yagona bir tizimda harakat qiladi va ular ajralmasdir degan g'oyani olg'a suruvchilar. Shuning uchun ham atrof tabiiy muhitni saqlab qolish malum bir hudud yoki mamlakat doirasida emas, balkim xalqaro miqyosda, butun dunyo hamjamiyatining birgalikdagi tadbiri orqali amalga oshirishini yoqlab chiqadiganlar. Ularning namoyondalari tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlatlar ustidan turuvchi yagona bir tashkilotni tuzishni va bu tashkilot nafaqat boshqaruv, balkim nazorat vakolatiga ega bo'lishini yoqlab chichqadilar. Ularning fikricha, BMTning YuNYeP, YuNYeSKO, VOZ, MOP degan tashkilotlari, hozirgi kunda faqatgina davlatlarning ekologiya borasidagi faoliyatini kuzatadilar va faktlarni keltiradilar, deydilar. Afsuski bunday oqim ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 09:47:13
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
365.14 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 09:47 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
365.14 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: pptx