Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish

Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish. REJA. 1. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilsh tushunchasi va prinsiplari 2. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalari 3. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy obyektlari 4. xalqaro ekologik tashkilotlar, konferensiyalar va jamg'armalar 5. xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik Atrof tabiiy muhitni xalqaro muhofaza qilish insonlarning ekologik xavfsiz muhiti va davlatlarning bir me'yorda rivojlanishini ta'minlovchi xalqaro huquq prinsiplari, normalari va munosabatlari yig'indisiga aytiladi. xalqaro huquqiy hujjatlarga : shartnoma kelishuv konvensiya rezolyutsiya xartiya deklaratsiya qaror (protokol)lar kiradi. O'zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning mustaqil subyekti sifatida quyidagi ekologik konvensiyalarga qo'shilgan: 1993-yil 14-maydan Iqlimga ta'sir etishni chegaralash. 1995-yil 13-oktabrdan Saxrolanishga qarshi kurash. 1995-yil 15-iyundan Afrika-Osiyo qit'alarida ko'chib yuruvchi qushlarini muhofaza qilish. 1996-yil 7-maydan Biologik xilma-xillik. 1996-yil 7-maydan Xavfli chiqitlarni tashish va ularni yo'qotish 1997-yilda Yo'qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi flora va fauna turlarining xalqaro savdosi to'g'risida 2004-yil 27-avgustda O'simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyasi. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning xalqaro-huquqiy obyekti deb xalqaro-huquq subyektlarining ekologik munosabatlar predmeti bo'lgan tabiiy obyektlar, ya'ni o'zining xususiyati, joylanishi va ahamiyati nuqtai nazardan biron bir davlat yuridiksiyasiga kirmaydigan va shuning uchun ham ikki va undan ortiq mamlakatlar yoki xalqaro-huquq subyekt-lari mulki bo'lgan tabiiy obyektlardir.Masalan Amudaryo va Sirdaryo. Antarktika - hech qaysi bir davlat yuridiksiyasida kirmaydigan va xalqaro-huquqiy me'yorlar bilan tartibga solib turiladigan Yer kurrasidagi eng sovuq, oltinchi qit'a. Bu qit'ani muhofaza qilish va undan foydalanish Antarktika to'g'risidagi shartnomaga ko'ra (1959-yil) olib boriladi. Shartnomaga ko'ra Antarktikadan ilmiy maqsadlarda erkin foydalaniladi; va harbiy yo'nalishdagi har qanday harakatlar bu qit'ada man qilinadi, ulardagi dengiz va quruqlik hayvonlaridan foydalanish va ularni muhofazasiga doir maxsus Antarktika havzasidagi hayvonot dunyosini muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyaga muvofiq amalga oshiriladi. BMT ning YUNEP tashkiloti Antarktikadagi ekologik munosabatlarni tartibga solishni kuzatib boradi. xalqaro Qizil kitob - 1972-yili noyabr oyida bo'lib o'tgan BMT YUNESKO tashkilotining konferensiyasida qabul qilingan Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyaga muvofiq tuzildi. Unda Yer kurrasida noyob va yo'qolish xavfi ostida turgan o'simlik va hayvonot dunyosi turlarining biologiyasi, tarqalishi, yo'qolib ketish sabablari va muhofaza qilish choralari ko'rsatib o'tilgan. YUNEP - BMTning atrof muhit bo'yicha dasturi 1972-yil 15-dekabrda tashkil topgan bo'lib, u Afrika qit'asidagi Keniya davlatining poytaxti Nayrobi shahrida bosh shtabi joylashgan. Bosh Assambleya rezolyutsiyasiga muvofiq tashkil etilgan. YUNEP ning uchta bo'limi - boshqaruvchilar Kengashi, atrof muhit muhofazasini muvofiqlashtiruvchi Kengash va atrof muhit Jamg'armasi mavjud. Hal qiluvchi masalalar boshqaruvchilar Kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi va amalga oshiriladi. YUNEPning kun tartibiga 8 yo'nalish bo'yicha ekologik masalalar kirgazilgan: - atrof muhit sanitariyasi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 122.47 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 122.47 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga