Bioenergetika va uning ekologik istiqbollari

Bioenergetika va uning ekologik istiqbollari

O'quvchilarga / Ekologiya
Bioenergetika va uning ekologik istiqbollari - rasmi

Material tavsifi

Bioenergetika va uning ekologik istiqbollari. Reja; 1. Qishloq xo'jaligida chiqindilarni 2. Biogaz olish texnologiyalari 3. Chiqindilarni metantenka yordamida biogas olish texnologiyasi. Hozirgi vaqtda chorva va parranda chiqindilarini qayta ishlashning quyidagi yo'nalishlari keng qo'llanilmoqda: Qishloq xo'jaligida chiqindilarni oziq moddalari maksimal saqlangan holda ishlatish. Buning uchun chiqindilar qattiq va suyuq fraksiyalarga ajratilib alohida-alohida qo'llaniladi. Go'ng oqimlarini qishloq xo'jalik yerlarini sug'orishga tayyorlash va suyuq fraksiyani ochiq suv havzalariga tashlash darajasida tozalash. Bu yo'nalish chorva chiqindilarini suvli gidrosistemalar bilan yuvib turiladigan yirik chorvachilik komplekslarida qo'llaniladi. Chiqindilarni metantenkalar (biogaz qurilmalari)da havosiz (anaerob) qayta ishlash orqali organik o'g'itlarga aylantirish. Organik chiqindilarni uchinchi usulda qayta ishlash Yevropava Amerika mamlakatlarida XX asrning 70 - yillarida iqtisodiy inqiroz va neft hamda neft mahsulotlari narxining keskin ortganligi sababli keng qo'llanilgan edi. Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham bu usul ancha vaqtdan buyon keng qo'llaniladi. Masalan birgina Xitoyning o'zida kichik hajmga ega bo'lgan reaktorli, xususiy biogas qurilmalari 5 mlndan ortiq. Bu qurilmalarda chorva yoki parranda chiqindilari ham qayta ishlanadi Har xil biogaz qurilmalarini ishlatish tajribalari jarayonning optimal parametrlarini, xomashyoning sifat va miqdor tarkibini aniqlashga imkon beradi. Chiqindining metanli achish jarayoni yopiq - germetik idishlarda 30˚ ÷57˚C haroratda (30-37˚C -mezofil rejim, 50-57˚C termofil rejim) kechadi. Qurilmaga yuklanayotgan massaning namligi 90-92% bo'lishi lozim. Biogaz qurilmasida aralashtirgich, olingan biogazni haydash, ishatilgan chiqindini bo'shatish va yangi xomashyo yuklash moslamalari bo'lishi lozim. Hozirgi kunda chiqindilarni qayta ishlashning eng qulay, optimal usuli anaerob qayta ishlash usuli deb qaralmoqda. Organik bu chiqindilarni anaerob qayta ishlash organik moddani havo kirmaydigan holda maxsus idishlarda anaerob mikroorganizm ta'sirida oxirgi mahsulot sifatida metan va karbonat angidrid gazi chiqadigan bijg'itishdir. Yuqorida ko'rsatilganidek biogaz olish harorati turlicha bo'lishi mumkin. Savol va topshiriqlar. 1.Qishloq xo'jaligida chiqindilari va qattiq chiqindilarga befarq bo'lmang? 2. Biogaz olish texnologiyalari o'rganing? 3. Chiqindilarni metantenka yordamida biogaz olish qurilmasini yasang? 4. Chorva va parranda chiqindilarini qayta ishlashning texnologiyalarini o'rganing va amalda bajarib kuring? 5. Qishloq xo'jaligi ekinlarini chiqindi oziq moddalaridan tabiiy ug'itlar tayyorlashni o'rganish? 6. Go'ng oqimlarini qishloq xo'jalik yerlarini sug'orishga tayyorlash bajarib kuring? 7. Chiqindilarni metantenkalar (biogaz qurilmalari)da havosiz (anaerob) qayta ishlash orqali organik o'g'itlarga aylantirish amalda bajarilga, siz ham bajarib kuring?. 8. Anaerob qayta ishlash usuli bugungi kunda eng yaxshi usul, bu usulni siz or'ganing va amalda bajarib kuring? 9. Unutmang siz kuchlisiz, qulingizdan bu ishni bajarish keladi? Bioenergiya olish texnologiyasini albatta bajarib kuring? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 617 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 617 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga