Biosferaning tarkibi

Biosferaning tarkibi

O'quvchilarga / Ekologiya
Biosferaning tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: BIOSFERANING TARKIBI R e j a: 1, Biosfera va noosfera haqida ma'lumot. 2, Biosferaning chegaralari 3, Biosfera haqidagi ta'limot Biosfera va noosfera haqida ma'lumot. Biosfera tushunchasi fanga avstraliyalik zoolog E.Zyuss tomonidan 1875 yilda kiritilgan. Ammo biosfera haqidagi ta'limot akad. V.I. Vernadskiy tomonidan yaratilgan. Biosfera atmosferaning 10-25 km, gidrosferaning 11 km gacha va litosferaning 3,5 km gacha bo'lgan qatlamini, ya'ni hayot mavjud bo'lgan qatlamini o'z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, biosfera atmosferaning pastki qismi (troposfera)ni, yer yuzasining okean, dengiz, ko'l va daryo suvlari bilan qoplangan qismi (gidrosfera)ni, hamda yer qobig'ining ustki qismi (litosfera)ni o'z ichiga oladi. Biosfera - hayot, yashash sohasi, yerning hayotga makon bo'lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyidir. Gidrosfera va litosfera esa, go'yo moddalar va energiyalar aylanib turganidek, murakkab biokimyoviy sikllar bilan o'zaro bog'langandir. yerning tirik organizmlari va biogen chiqindi tog' jinslari tarqalgan qismini rus olimi akad. V.I.Vernadskiy biosfera deb nomlagan. Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig'i hisoblanib, tirik organizmlarning o'zaro chambarchas aloqa va munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuidir. Biosfera yerning faol qobig'i bo'lib, undagi tirik organizmlar faoliyati asosiy geokimyoviy omil sifatida hamda muhit hosil qiluvchi omil sifatida xizmat qiladi. Biosfera tarkibiga tirik organizmlar va ularning yashash joylari kiradi. Biosferada organizmlar o'rtasida murakkab o'zaro aloqalar mavjud bo'lib, bir butun organik harakatidagi tizimni tashkil yetadi. Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig'indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan edi. Tirik moddaning eng muhim xususiyatlari 3 ta bo'ladi: Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o'lik modda hisoblanadi. Uning hosil bo'lishida biosferadagi barcha moddalar yig'indisi, shuningdek tirik organizmlar qatnashadi. Biosferaning uchinchi tarkibiy qismi oraliq moddalar hisoblanadi. Ular tirik va o'lik moddalarning birgalikdagi faoliyati natijasida hosil bo'ladi. Tuproq, yemirilgan tog' jinslari va barcha tabiiy suvlar oraliq moddalarga misol bo'la oladi. Biosferaning 4 chi tarkibiy qismi biogen moddalar hisoblanadi. Ular tirik organizmlarning hayoti davomida hosil bo'ladi va o'zgarishlarga uchrab turadi. Nihoyatda katta potensial energiyaga ega bo'lgan toshko'mir, bitum, neft, ohaktoshlar va boshqalar biogen moddalarga misol bo'la oladi. Biosferani oddiy birlamchi tuzilmasining birligi biogeosenoz hisoblanadi. Muayyan tashqi muhit sharoitida o'simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug''lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeosenoz deyiladi. Ushbu tushunchani birinchi marotaba V.L.Sukachev fanga kiritgan edi. Biogenozlar rang-barang bo'lib, iqlim va hududning tarixi va tabiatiga bog'liq holda vujudga kelgan. Masalan, tropik mintaqalaridagi o'rmonlarning biogeosenozlari ancha qashshoq bo'lgan Arktika tundralariga nisbatan ancha mahsuldordir. Okean tubidagi biogenozlar esa, dengiz va okeanlar sohillari yaqinidagi sayoz joylar biogenozlariga qaraganda sermahsul emas. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, populyasiya to'g'risidagi ta'limot asosida tabiatdagi ko'pgina murakkab va hayotiy jarayonlarni, ya'ni biogeosenozlarni o'rganishga imkoniyat yaratildi. Biogeosenozlarni o'rganishga biogeosenoligiya deyiladi. Tabiatdagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.65 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.65 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga