Mavzu: Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy prinsiplari R e j a: 1. Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar 2. chiqindisiz texnologiyalarning asosiy prinsiplari. Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar. Chiqindisiz texnologiya - insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanish ta'minlash va atrof - muhitni muhofazalashdir. Chiqindisiz texnologiya - mahsulot ishlab chiqarishning shunday samarali usuliki, unda xom-ashyo - ishlab chiqarish - iste'mol qilish - ikkilamchi xom-ashyo resurslari ciklida xom-ashyolardan va energiyadan unumli va kompleks ravishda qo'llaniladi va tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta'sir uning normal holatidan chiqara olmaydi. Ushbu ta'rifda 3 ta sharf mavjud: Fizika kursidan ma'lumki, termodinamikaning II - chi qonuniga asosan, davriy ishlaydigan mashinalarning foydali ish koefficenti (FIK) ni quyidagi formulalar yordamida hisoblash mumkin: Demak, sovutgichdan olinadigan issiqlik miqdori Q2 = 0 yoki sovutgichning harorati T2 = 0 bo'lgandagina, davriy ishlaydigan mashinaning FIK 100% ga teng bo'la oladi. Ammo Nerist ko'rsatganidek, absalyut nol haroratni olish mumkin emas. Demak, davriy ishlaydigan mashinalarning FIK 100% ga teng bo'lgan mashinani yasab bo'lmaydi, yoki isitgichdan Q1 issiqlik miqdorini olib, bu issiqlikni to'liq termodinamikaning II - chi qonunini ifodalaydi. Ushbu qonunning quyidagicha ta'riflash mumkin: faqat bitta issiqlik manbai bilan ishlaydigan mashinani yasab bo'lmaydi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, « chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar» atamalari « tabiiy resurslar », « xom - ashyolarga kompleks ishlov berish », « resurslardan samarali foydalanish », « qo'shimcha mahsulotlar », « ishlab chiqarish chiqindilari », « foydalanishga yaroksiz chiqindilar », « ikkilamchi materiallar resurslari », « ikkilamchi energetik resurslar », « iqtisodiy zarar » kabi atamlar bilan uzviy bog'liqdir. Tabiiy resurslar. Suv, yer, mineral resurslar, hayvonot va o'simliklarresursi, quyosh energiyasi, yer ka'ridan olinadigan energiyalar ( masalan, minerallashgan issik suv energiyasi ) va boshqalar tabiiyresurslar deb ataladi. Mineral resurslar. Bu yer ka'ridagi mineral xom - Ashe ( kumir, neft, gaz, ma'danli va ma'dansiz kazilmalar ) zahiralarining majmundir. Xom - ashelardan kompleks foydalanish. Bu xom - Ashe va ishlab chiqarish chiqindilari tarkibida mavjud bo'lgan foydali komponentlardan tulik foydalanish demakdir. Ishlab chiqarish korxonalarida esa, bunday qo'shimcha oralik yoki yulakay mahsulotlar uchun davlat andozalari (DAVANlar), tarmoq andozalari, texnik me'yorlar va tasdiklangan narxlar bo'ladi. Agar qo'shimcha oralik yoki yulakay mahsulotlarning ajralib chiqishi yoki ularga qayta ishlov berish ektisodiy nuqtam nazardan maqsadga muvofik deb topilmasa, unda ulardan yonilg'i sifatida foydalanish mumkin. Ishlab chiqarish chiqindilari. Bu xom-ashyo koldiklari, kisman yoki tulik sifatini yukotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan materiallar va yarimmahsulotlar (polufabrikatlar) dir. Bunday chiqindilarga ishlov bermasdan ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 09:47:13
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
60.55 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 09:47 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
60.55 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: pptx