Chorvachilik va parrandachilikning atrof muhit tozaligiga ta'siri Chorvachilik va parrandachilik komplekslari chiqindilarini qayta ishlashning ekologik ilmiy asoslari Chorvachilikning ekologiyaga ta'siri Chorvachilikning gigiyenik muammolarini bartaraf etish Malumki, Respublikamizning umumiy maydoni 447,4 ming km2 bo'lib, shundan qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlar 269,2 ming km2 va sug'oriladigan yerlar 43 ming km2 ni tashkil etadi. Eng muhim qishloq xo'jalik mahsulotlarini 2010 yilgacha ishlab chiqarish ko'rsatgichlari va bashoratlari quyidagi jadvalga keltirilgan. Jadvaldagi ma'lumotlar ko'rsatadiki, 2010 yilga borib don etishtirishni 6 mln tonnaga, sabzavotlarni-3,5 mln t., poliz mahsulotlarini-850 ming t., go'shtni-930 ming tonnaga yetkazish ko'zga tutilgan. Yuqoridagi vazifalarning bajarilishining eng samarali yo'llaridan biri - qishloq xo'jaligi sohasida chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy etishdir. Faqat 1990-1994 yillar davomida yirik shoxli qoramollar miqdori 19,7% ga oshgan. Hozirgi paytda Respublikaning yirik chorvachilik komplekslarida yiliga 19 mln m3 suyuq go'ng yig'ilib qolmoqda. Faqat Buxoro viloyatida 5,7mln m3 suyuq go'ng chiqindi sifatida to'planib qolyapti. Malumki, chorvachilik va parrandachilik komplekslarida yig'ilib qolgan go'ng va chiqindilarni xandaklarga 1,5-2 yil davomida saqlab, so'ngra mineral o'g'it sifatida ishlatiladi. Ammo ushbu muddat davomida chiqindilar tarkibidagi kerakli ovqatbob komponentlarning 60%, azotni 50% va fosforning 40% samarasiz nobud bo'ladi. Bundan tashqari, go'ng tarkibidagi begona o'simliklar urug'i yo'qolmaydi. Natijada g'o'zani yoki sabzavot va poliz ekinzorlarini o'toq qilish kerak bo'ladi. Mul-ko'l hosil etishtirish maqsadida har gektar yerga kamiga 140 kg azot, 120 kg kaliy va 30 kg fosforli o'g'itlar sepiladi. Natijada har gektar yerdan mo'l-ko'l hosil olishga sarflangan xarajatlar qariyb 3-4 ming so'mni tashkil etayapti. Go'ng tarkibida kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar, viruslar, oddiy bir hujayrali jonivorlar, gijja tuxumlari, bakteriya va gelmintlar mavjud. Go'ngni xandaklarga 1,5-2 yil saqlash paytida ham ushbu mikroorganizm va bakteriyalar o'z hayotini saqlaydi. Bunday chiqindilar va go'nglar bilan oziqlantirilgan maydonlardan olingan ozuqalar va ular bilan parvarishlangan chorvalar infeksion va invazion kasalliklarga uchrashishi mumkin. Bundan tashqari, gelmintlar urug'i shamolning tezligi 3-4 ms ga etganda 400-600 metrgacha ko'chishi mumkin. Bunda nafaqat hayvonot, balki ferma yoki kompleks atrofida yashovchi aholi kassallik qo'zgatuvchi mikroblar va bakteriyalar bilan zararlanishi mumkin. Ferma atrofidagi atmosfera havosi mikroorganizmlar, ammiak, chang, va organik moddalarning parchalanishi jarayonida hosil bo'lgan gaz va islar bilan ifloslanadi. Chiqindilarning parchalanishi paytida metonal, butanol, izobutanol, formaldegid, merkaptan va boshqa organik birikmalar paydo bo'ladi. Anaerob jarayonida parchalanayotgan organik moddalar o'zlaridan juda sassiq gazlar: ammiak, serovodorod, merkaptan moddalari bilan tashqi atmosfera havosini ifloslantiradi. Fermadan 1 km uzoq masofada ammiakning konsentratsiyasi 0,5 mgm3 ga teng bo'lib, 2-2,5 km ga uzoqlashgan sari uning kontsentratsiyasi pasayib 0,44 mgm3 ni tashkil etadi. Ferma yoki kompleks miqyosida organik ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 09:47:13
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
338.87 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 09:47 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
338.87 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: pptx