Ekologik huquqiy javobgarlik REJA. 1. Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik tushunchasi, mohiyati va turlari. 2. Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun intizomiy va moddiy javobgarlik. 3. Ekologik huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik. 4. Ekologik jinoyatlar uchun javobgarlik. Yuridik javobgarlik - huquq normalarini buzganlik uchun jazo choralarini qo'llash oqibatida huquqbuzarlarga salbiy oqibatlar tug'dirish va davlat tomonidan huquq talablarini bajarishga majbur etish. Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun maxsus jazo choralari: tabiiy resurslardan foydalanish huquqini cheklash, to'xtatib turish, undan mahrum qilish choralarini qo'llashdan iboratdir. Ekologik qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik quyidagi maqsadlarga ega: -tabiiy ob'ektlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini qo'llash ; -atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga yetkazilgan zararni qoplash ; -yangi ekologik huquqbuzarlikni sodir etishni ogohlantirish. Ekologik huquqbuzarlik - tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi aybli, noqonuniy harakat yoki harakatsizlik. Qonun hujjatlarida ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g'ayri huquqiy, aybli ( qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida ) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik ma'muriy huquqbuzarlik deyiladi. ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni musodara qilish (O'z.R. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 27-moddasi.). ov qilish qoidalari qo'pol ravishda buzilgan taqdirda ov qilish qurollari (O'z.R. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 90-moddasi) yo'q bo'lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo'q qilib yuborish yoki ushbu moddada ko'zda tutilgan boshqa huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo'lgan ashyolarni musodara qilish mumkin(O'z.R. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 94-moddasi) Ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida tabiiy ob'ektlar o'zlashtirib olinsa (er egallanib olinsa, daraxt kesilsa, hayvonlar ov qilib o'ldirilsa), ular davlatga qaytarib beriladi va bu musodara hisoblanmaydi. Faqat huquqbuzarning mulki bo'lgan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki ashyosi musodara qilinishi mumkin; - maxsus huquqdan mahrum etish; O'zbekiston Respulikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksni 28-moddasi va 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, ov qilish qoidalari qo'pol ravishda buzilgan hollarda ov qilish huquqidan 15 kundan 3 yil muddatgacha mahrum etilishi mumkin; - ma'muriy qamoqqa olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga qo'llanadi. Ma'muriy qamoqqa olish chorasini homilador ayollarga, 3 yoshgacha bolasi bo'lgan ayollarga, 14 yoshgacha bo'lgan bolasini yakka o'zi tarbiyalayotgan shaxslarga, 18 yoshga to'lmagan shaxslarga, I va II - guruh nogironlariga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas (O'zbekiston Respulikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksni 29-moddasi). Ekologik uquqbuzarlik uchun ma'muriy qamoqqa olish O'zbekiston Respulikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksni 60-moddasida nazarda tutilgan. Ekologik huquqbuzarlik o'zining xavflilik darajasiga qarab jinoiy, ma'muriy, fuqarolik huquqbuzarlik hamda intizomiy hatti-harakat tarizida bo'lishi mumkin. Ekologik huquqbuzarliklar uchun tegishlicha intizomiy, jinoiy, fuqarolik huquqiy javobgarlik qo'llaniladi. ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 09:47:13
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
119.53 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 09:47 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
119.53 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: pptx