Ekologik madaniyat slayd taqdimot

Ekologik madaniyat slayd taqdimot

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik madaniyat slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Tuzuvchi: Isomiddinova Sabina Mavzu:Ekologik madaniyat 1. Ekologiya va biz 2. Ekologik ong va ekologik madaniyat 3. Yoshlarni ekologik ruhda tarbiyalashda muzeylarning roli o'tgan asrda tabiatdan foydalanishda yo'l qo'yilgan xatoliklar, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilgani talay ekologik muammolarga sabab bo'ldi. Ushbu noxushliklarni bartaraf etish, tabiatni muhofazalashning samarali usullarini izlab topish va hayotga tatbiq etish ulg'ayib kelayotgan avlod zimmasiga ham alohida mas'uliyat yuklaydi. Bunday vazifalarni hal etishda yuqori malakali, zamonaviy texnologiyalar sirini egallagan, tabiatga mehri baland, zaminimizni e'zozlaydigan iqtidorli, izlanuvchan va tashabbuskor kadrlarning alohida o'rni bor. Ekologiya va biz Hozirgi davrda insoniyat, u qanday xavf qarshisida kelib qolganligini tushunib yetdi, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etdi. Inson faoliyatining natijasida atrof muhitga ancha sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bular asosan hozirgi kunda mavjud bo'lgan ekologik xavfizlik klassifikasiyasida bo'lgan Umumsayyoraviy Mintaqaviy Milliy Lokal ozon qatlami muammolari, ya'ni yemirilishi iqlimning o'zgarishi cho'llanish toza ichimlik suvi tanqisligi Orol dengizi muammosi hayvonot va o'simlik dunyosi turlarining qisqarib borishi suv resurslari tanqisligi atmosfera ifloslanishi Har kuni 1ta tur o'simlik yoki 1ta hayvon turi yer yuzidan yo'qolib boryapti. 1983 yili hayvonlarning 63-turi va 1984 yil o'simliklarning 163 turi Qizil kitobning birinchi nashriga kiritildi. Mana oradan vaqt o'tib tabiat muhofazasiga munosabat o'zgardi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 martdagi 190-sonli Qizil kitobni yuritish to'g'risidagi Qarori qabul qilindi 1998 yil O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobining 1-jildi (o'simliklar qismi) nashr qilindi va bunda o'simliklarning 301 turi (163tadan 301taga oshgan) kiritilganligi qayd qilingan bo'lsa, 2006 yildagi yangi tirajida esa Qizil kitobga kiritilgan o'simliklar turi 305-turni tashkil etadi. Bu k o'rsatkich oshib bormoqda O'zbekistonda har bir kishi 1 sutkada 2-3 litr chuchuk suv ichadi. Gidrosferani faqatgina 2,5 foizini chuchuk suv tashkil qiladi. Qishloq xo'jaligining ayrim sohalaridagi suv sarfini qiyosiy hisoblab k o'rsak 1 tonna bug'doy yetishtirish uchun 1,5 tonna, 1 tonna sholi uchun - 4-5 ming tonna, 1 tonna paxta yetishtirish uchun 10 ming tonna suv sarflanadi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim va Xalq ta'limi vazirliklari hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat sining 2005 yil 7 noyabrdagi Respublikada ekologik ta'limni rivojlantirish borasidagi qo'shma qarori va uning asosida ishlab chiqilgan Dasturga muvofiq viloyatlarda o'lkashunoslik muzeylari tashkil etish va ularni rivojlantirish belgilangan bo'lib, bu bo'yicha viloyat o'lkani o'rganish muzeyi hamda viloyat tabiatni muhofaza qilish qomitasi o'zaro hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Yoshlar tabiat namoyishgohidan uning tabiati, o'simliklar va hayvonot olamiga, yer osti va yer usti boyliklariga nisbatan mehr ko'zi bilan qarab, o'zlarida hayotning ushbu mo'jizalarini ko'z qorachig'iday asrash hissini uyg'unlashtiradilar. Bolalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 983.7 KB
Ko'rishlar soni 391 marta
Ko'chirishlar soni 123 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 983.7 KB
Ko'rishlar soni 391 marta
Ko'chirishlar soni 123 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga