Ekologik madaniyat, ekologik xavfsizlik va uning tabiiy geografik jihatlari

Ekologik madaniyat, ekologik xavfsizlik va uning tabiiy geografik jihatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik madaniyat, ekologik xavfsizlik va uning tabiiy geografik jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Ekologik madaniyat, ekologik xavfsizlik va uning tabiiy geografik jihatlari EKOLOGIK TA'LIM - TARBIYA Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ekologik ta'lim va tarbiya bog'chadan olib o'quv yurtigacha uzluksiz davom etishi lozim. Tabiatga mehr insonlarga oqibat demakdir. Ekologik ta'lim va tarbiya BMT, YUNESKO va YUNEP ning diqqat markazidagi masaladir. Ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o'tkazilmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodhon va ekologik madaniyatli bo'lishi va o'z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta'lim tarbiyani, ekologik madaniyatni, savodxonlikni rivojlantirishga hissasini qo'shishi lozimdir. Ekologik ong va madaniyat tabiatni avaylab asraganda, unga ongli munosabatda bo'lganda, boyliklaridan me'yorida foydalanishda, noxush hodisalarning oldini olishda, eng zaruri atrof-muhit doimo toza saqlashda namoyon bo'ladi. Ekologik tarbiyalanmagan kishi tabiatni e'zozlay olmaydi. Ekologik ta'lim - tarbiyaning barchasi barobar zarurdir. Atrof - muhit muhofazasida aholi ekologik ong va madaniyatning ahamiyati - tabiat inson uchun yagona makon, u odamni turli oziq - ovqat mahsulotlari, kiyim - kechak, uy - joy va boshqa zaruriy buyumlar bilan ta'minlaydi. Tabiat - bu avvalo hayot belgisi, zilol suv, toza havo, ona tuproq, kislorodni be'minnat ishlab beruvchi, chiqaruvchi o'simliklar olami. Inson tabiat qo'ynida tug'iladi, yashaydi, uning barcha ehsonlaridan keragicha foydalanadi. Shunday ekan har bir inson tabiiy muhitga mehr - shafqatli bo'lishi, uning barcha boyliklaridan ehtiyojiga yarasha ishlatishi amalga oshirishi, tabiatning turli chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olishi, nomaqbul hodisalarning vujudga kelishini oldindan aniqlashi va ko'z - quloq bo'lib turishi zarurligi sog'lom aql egalariga ma'lum. Biroq bunday olijanoblik har bir insonning shaxsiy burchi bo'lgan bu ishlar hamma joylarda barobariga to'liq va halol ado etilmaydi. Kishilarning tabiat muhofazasiga nisbatan turli munosabatlarda bo'lishining asl sababini ekologik ong va madaniyatning yetishmasligidir deb izohlash mumkin. Kishilarning joylarda tabiat qonuniyatlariga zid keladigan amaliy ishlarni bajarayotganliklarida ularga nisbatan befarq bo'lishlari atrof-muhitning ifloslanishini yanada kuchaytirmoqda. Ekologik bilimga ega bo'lmagan kishilar tabiatning bag'ri keng, u insonning shuncha yetkazgan zulmiga shu vaqtgacha chidab keldi, endi bunchasiga ham chidasa kerak, degan mantiqsiz fikrlarga cho'lg'anib yuradilar. Aql - idrokli, madaniyatli va muhandislik olamining sohibkorlari tabiatga ko'proq befarq bo'lishliklari sababli tabiiy muhit aziyat chekib kelmoqda. Binobarin o'sha joylarda istiqomat qiluvchi aholi ham jiddiy zarar ko'rmoqda, chunki havo va suvning ifloslanishi, tuqroqning zaharlanishi hayot tarzini murakkablashtirmoqda, tabiat qulayliklaridan bebahra qilmoqda. Binobarin, aholining ekologik ongi, madaniyati tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi, uning har doim ham yuqori bo'lishiga, vaqti - vaqti bilan takomillashtirib turishiga erishish zarur. Aholining barcha tabaqalari, bog'cha yoshidagi yosh bolalardan tortib mo'ysafid otaxon va onaxonlargacha atrof - muhitga nisbatan yakdil ijobiy fikrda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga