Ekologik madaniyatning shakllanishi. Oila, mahalla, jamiyat

Ekologik madaniyatning shakllanishi. Oila, mahalla, jamiyat

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik madaniyatning shakllanishi. Oila, mahalla, jamiyat - rasmi

Material tavsifi

Ekologik madaniyatning shakllanishi: oila,mahalla,jamiyat Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish Yer sayyorasi va uning o'ziga xos tabiati insoniyatning umumiy yashash makoni, yagona uyi hamda yashyash vositasi hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan ekologik tangliklarni bartaraf etish yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlarning umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda xalqaro ekologik hamkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi: Yer sayyorasi va uning o'ziga xos tabiatini insonga ma'lum bo'lgan olamda yagona ekanligi; Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo'lib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi; Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi; Tabiatdagi salbiy o'zgarishlar va atrof-muhitga antropogen ta'sir ko'lami jihatidan butun sayyoraga tazyiq ko'rsatuvchi jarayonlar ekanligi; Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga ko'p hollarda bir yoki bir nechta davlatlaning imkoniyatlari yetarli emasligi; Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo'li ekanligi. Ekologik madaniyat Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go'shadir. Tabiat ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko'paytirish tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o'tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekanligimizni unutib qo'ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz «ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» - uy, turar-joy, «logos» - fan so'zlaridan olingan bo'lib, u atrof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, muhit haloqatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ'ib etish asoslarini o'rganadi. Yangi asrning barkamol kishisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat - bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir. Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan igsonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin. Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari sanaladi. Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o'rtasida nomutanosiblik vijudga kelayotir. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini ko'ndalang qo'ymoqda. O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatii fikrlar aytganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida u odamlarni daryoga mehrli bo'lishga da'vat qiladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 257.81 KB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 257.81 KB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga