Mavzu: Ekologik ong va etnomadaniyat Reja 1. Ekologik ongning etnomadaniyat bilan uyg'unligi. 2.Ekologik madaniyat va etnoekologik an'ananalar haqidagi tarixiy falsafiy manbalar. 3. Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda davlat tashkilotlarining roli. Tabiatni obyekt sifatida idrok etish, tabiat bilan о'zaro ta'sirga kirishish, tevarak-olam bilan bо'lgan munosabatlarni yо'lga qо'yish - ekologik ongning eng muhim belgilari bо'lib, mazkur ijtimoiy ongga antropotsentrizm, antiekologizm va ijtimoiy optimizm xosdir. Mazkur qoidalar quyidagilarda о'z ifodasini topadi: 1) Odamlar genetik irsiylikdan tashqari madaniy irsiylikka ham ega bо'lganligi bois, inson yer yuzidagi u hukmronlik qiladigan boshqa barcha jonzotlardan sifatiy farqlanadi. 2) Inson faoliyatini biofizik emas, aynan ijtimoiy va madaniy omillar belgilaydi: inson tabiat kontekstida emas, ijtimoiy kontekstda yashaydi. 3) Texnologik va ijtimoiy progress cheksiz davom etadi va barcha ijtimoiy muammolar u yoki bu darajada о'z yechimiga ega bо'ladi. Ekologik ongning zamonaviy antropotsentrik kо'rinishi bu olam tо'g'risidagi quyidagi jihatlar xos bо'lgan tasavvurlar tizimidir: XX asrning 20-30 yillarida AQShda rо'y bergan buyuk depressiya dan keyin yangi ekologik defitsit deb nom olgan muammo insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotida yuzaga keldi. Ekologik sotsiologiya mutaxassislari insoniyat kelajagi tо'g'risidagi tasavvurlar voqelikdan ancha chetlashishi mumkinligini prognoz qilmoqdalar. Global miqyosida rо'y beradigan ekologik defitsit odamlarni har kim о'zi uchun yoki imkoniyati borlar о'zini qutqarsin tamoyillariga binoan harakat qilishga undaydi. Hayotiy zarur manbaalar uchun kurash ijtimoiy aloqalarni uzilishiga, axloqiy qadriyatlar devalvatsiyasiga (qadrsizlanishiga) olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatning yuzaga kelishi insoniyat va tabiat о'rtasidagi о'zaro munosabatlarning yangi tizimini shakllantirish zaruriyatini paydo qildi. Bu xol yangi invayronmental paradigmasini vujudga keltirdi (New Environmental Paradigm). Invayronmentalizmning asosiy xususiyati shuki, nafaqat nazariya, balki jamiyatning ekologik yо'nalishdagi yashash siyosatini shakllantirish va inson faoliyatining kognitiv va prakseologik sohalarini kengaytirishga yо'naltirilgan ma'lum kommunikativ amaliyot ekanligidir. Yangi in-vayronmental paradigmaga asoslangan ekologik ong ekotsentrik deb nomlangan, chunki unga quyidagi xususiyatlar xosdir: 1) Tabiat bilan insoniyat о'rtasidagi uyg'un taraqqiyot oliy qadriyatdir. Inson tabiat mulkdori emas, tabiiy hamjamiyatning bir a'zosidir. 2)Olamning shajaraviy manzarasidan voz kechish.Inson aqli borligi uchun alohida e'tiborga molik deb e'tirof etilmaydi, aksincha, uning aqli borligi uni qurshab turgan ta-biatga bо'lgan munosabatlariga qо'shimcha majburiyat kiritadi.Odamlar olami bilan tabiat olami bir tizimning xalqalari bо'lganligi uchun birbiriga qarshi qо'yil-maydi. 3) Tabiat bilan о'zaro ta'sirga kirishish maqsadi nafaqat inson extiyojlarini maksimal darajada qondirishdir, balki, butun tabiiy hamjamiyatlarning extiyolarini inobatga olishdan ham iborat. 4) Tabiat bilan о'zaro ta'sirga kirishish ekologik imperativ shiori bilan belgilanadi: tabiatdagi ekologik muvozanatni buzmaydigan narsalar va hatti-harakatlar tо'g'ri va ma'qullangandir. 5) Tabiat va barcha tabiiy narsalar inson bilan о'zaro ta'sirga kirishish bо'yicha teng huquqli subyekt sifatida idrok etiladi. 6) Axloqiy meyorlar ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 09:47:13
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
51.82 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 09:47 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
51.82 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: pptx