Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizaning huquqiy holati. REJA. 1. Ekologik nazoratning tushunchasi, maqsadi, vazifasi va usullari. 2.Ekologiya nazoratining tizimi. 3.Ekologiya ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari. 4.Ekologiya ekspertizasi tizimi. Ekologiya nazorati - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik havfsizlikni ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo'mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o'rganish va kuzatish, chora-tadbirlarini qo'llash bilan bog'liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar yig'indisini o'z ichiga oladi. Ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: Atrof-tabiiy muhit holatini hamda xo'jalik yuritish va boshqa faoliyat ta'siri ostida unda bo'lgan o'zgarishlarni kuzatib borish; Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof -muhitni sog'lomlashtirish ,tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof- tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajarilishini tekshirish. Ekologiya nazorati jarayonida quyidagi chora-tadbirlar oshiriladi: -atrof-tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatish, axborot jamlamasini shakllantirish; -atrof-tabiiy muhit holatiga antropogen ta'sirlarni o'rganish; -ishlab chiqarish va xo'jalik yuritish jarayonining barcha jabhalarida ekologik qonunchilik qoida talablarga rioya etilishini tekshirish; --tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ruxsatnomalar berish; -ekologik qoida -talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash, ogohlantirish , javobgarlikka tortish ; -aholi orasida ekologik qonunchilik qoida talablarini targ'ib va tashviqot qilish va boshqalar. --ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning belgilangan amalga oshirilishini tekshirish; Ekologiya nazorati subyektlari tomonidan quyidagi asosiy tashkiliy -huquqiy usullar qo'llaniladi: Kuzatish-atrof tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganish va ma'lumotlarni to'plash; . Umumlashtirish-atrof tabiiy muhit holatiga zararli va xavfli ta'sirlarni aniqlash , tahlil qilish asosida ma'lumotlarni tasniflash. Baholash-antropogen faoliyat ishlarining zararli, xavfli va noqonuniyligini aniqlash. Ogohlantirish,cheklash va to'xtatish - ekologik xavfli va zararli xo'jalik va boshqa faoliyatni cheklash, vaqtincha tuxtatib qo'yish va bekor qilish: Ruxsatnoma berish - yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o'simlik va hayvonat dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish. Javobgarlikka tortish-ekologik qoida-talablarni buzgan, yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy javobgarlik choralarini qo'llash. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo'lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga bo'lishimiz mumkin. birinchisi, davlat va huquqning umumiy tamoyillari; ikkinchisi, atrof- tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillari; uchinchisi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar. Ekologik ezkspertiza Ekologik huquqiy mexanizmning tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhitning barqarorligini saqlash, tabiiy boyliklardan unimli va samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir. Kichik guruhlar tarkibiga 50 nafar ilmiy xodim va mutaxassis jalb ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 09:47:13
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
122.46 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 09:47 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
122.46 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: pptx