Ekologiyaning rivojlanishi, bo'limlari va metodlari

Ekologiyaning rivojlanishi, bo'limlari va metodlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiyaning rivojlanishi, bo'limlari va metodlari - rasmi

Material tavsifi

Ekologiyaning rivojlanishi, bo'limlari va metodlari Reja Ekologiyaning rivojlanishi. Ekologiya bo'limlari. Ekologiya metodlari O'simlik va hayvonlarga atrof-muhit omillarining ta'sirini o'rganish haqidagi dastlabki fikrlar qadimgi yunon faylasuf olimlarining asarlarida aks etgan. X-XII asrlarda O'rta Osiyoning ulug' allomalari al-Xorazmiy, al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida Yerning tuzilishi, dorivor o'simliklar, hayvonlarning yashash joylari haqida ma'lumotlar berilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining «Boburnoma» nomli tarixiy 10asarida O'rta Osiyo va Hindistonning turli o'simlik va hayvonlari, ularning tarqalishi, ko'payish davrlari haqida ko'pgina ma'lumotlar keltirgan. Tirik organizmlarning yashash muhitini batafsil va chuqur o'rganish XIX-XX asrlarda boshlandi. Atrof-muhitning jonli organizmlar hayotiga ta'sirini o'rganishni nemis olimi Aleksandr Gumbold boshlab berdi. U birinchi bo'lib o'simliklar hayotida muhit omillarining ahamiyatini o'rgandi. XX asrning boshlarida botanika, zoologiya va boshqa tabiiy fanlarda ekologiya yo'nalishi shakllandi. Asta-sekin tabiatni o'rganishga ekologik yondashuv katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bir qator mamlakatlarda ekologik muammolarni keng qamrab oluvchi asarlar chop etildi. Ekologiyaning rivojlanishida ingliz olimi A.Tensli shakllantirgan ekotizim konsepsiyasi va rus olimi V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi muhim o'rin tutadi.XX asrning 70-yillaridan boshlab insonning tabiatga ta'siri kuchayishi tufayli ekologik muammolar muhim ahamiyat kasb eta boshladi, «ekologiya» ham nisbatan kengroq ma'noda qo'llanila boshlandi. Ekologiya bo'limlari. Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi bo'limlarga ajratiladi: autekologiya (faktorial ekologiya), demekologiya (populatsiyalar ekologiyasi), sinekologiya - (jamoalar ekologiyasi), biogeotsenologiya (ekotizimlar ekologiyasi), global ekologiya (biosfera ekologiyasi),evolutsion ekologiya, tarixiy ekologiya Autekologiya organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, hayotiy sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilarni o'rganadi. Demekologiya - populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyada individlar sonining o'zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganuvchi bo'lim. Demekologiya doirasida populatsiyalarning shakllanishshart-sharoitlari o'rganiladi. Demekologiya tashqi muhit ta'siri ostida individlar sonining o'zgarish sabablarini o'rganadi. Sinekologiya - har xil turga mansub organizmlar jamoalarining o'zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o'rganadi. Bunda ayrim hududlarda yashaydigan mikroorganizmlar, o'simlik, hayvon turlarining xilma xilligi, tar qalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammo lar o'rganiladi. Biogeotsenologiya - biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o'rganadi. Evolutsion ekologiya - sayyoramizda hayotning paydo bo'lishi bilan birga ekologik sistemalarning o'zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta'sirini o'rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma'lumotlardan va 11hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma'lumotlardan foydalanib qa dimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalash (qayta yaratish)ga harakat qiladi. Tarixiy ekologiya - insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit davridan hozirgi davrgacha yuz bergan ekologik o'zgarishlarni o'rganadi. Bundan tashqari, bu fanning sayyoramiz tabiatidagi alohida zonalarni o'rganuvchi bo'limlari bor. Masalan, o'rmon ekologiyasi, cho'l ekologiyasi,ekologiyasi, ko'l ekologiyasi va hokazo. Ba'zan ekologiya organizmlar va atrof-muhit o'rtasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini o'rganadigan umumiy va bir qancha xususiy bo'limlarga: o'simliklar ekologiyasi, hayvonlar ekologiyasi, mikroorganizmlarekologiyasi, baliqlar ekologiyasi, sutemizuvchilar ekologiyasi va boshqalarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 290.43 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 290.43 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga