Mahalliy salbiy ekologik oqibatlar. Orol, Orol bo'yi va Amudaryo muammolari. Aydar - Arnasoy ko'llar sistematikasi

Mahalliy salbiy ekologik oqibatlar. Orol, Orol bo'yi va Amudaryo muammolari. Aydar - Arnasoy ko'llar sistematikasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Mahalliy salbiy ekologik oqibatlar. Orol, Orol bo'yi va Amudaryo muammolari. Aydar - Arnasoy ko'llar sistematikasi - rasmi

Material tavsifi

O.Mamaraximov Mahalliy salbiy ekologik oqibatlar Orol va Orol bo'yi va Amudaryo deltasi muammolari. Aydar - Arnasoy ko'llar sistematikasi. Reja: 1. Orol dengizining hozirgi ekologik holati. 2.Orol dengizini saqlab qolishga oid loyihalar. 3. Amudaryo deltasi muammolari. 4. Aydar - Arnasoy ko'llar sistematikasi. Orol dengiziga qo'yiladigan Amudaryo va Sirdaryo suvlarining hajmini kamayishi natijasida dengiz suv sathi 18 metrdan xam pasayib ketdi. 1960-1965 yillardan boshlab juda katta maydon 30-45 km2 qurib qoldi. Uning qrg'oqlari 150 km ichkarilab ketdi. Natijada ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va sanitar-epedimi- ologik muammolar yuzaga keldi. Bu muammolarni hal qilishda bio- ekologik, tabiiy tozalik kabi bir-biriga bog'langan yo'nalishlar na muhit omillarini, ayniqsa haroratning dunyoviy o'zgarishini, atmosferadan tushadigan yog'in, tuproqning nam tutash qobiliyati hamda Orol atrofidagi fitozoogenofondini va umuman tirik jonzotlar genofondini o'zgarish jarayonlarini doim inobatga olish shartdir (Ergashev, 2001). So'nggi 40 yil davomida baliq ovlash yiliga 18 mln. tonnadan 100 mln. tonnaga oshdi. Baliq zahiralarining 75% yo'qolib ketdi yoki yo'qolish arafasida turibdi. Shunga qaramasdan Yer yuzida yashovchi insonlarning har beshinchisining ovqatlanish ratsioniga baliq kiradi. Farg'ona vodiysi va Mirzacho'l erlarini o'zlashtirish va sug'orish jarayonida O'rta Osiyo hududini juda katta maydonlarida cho'llanish yuzaga keldi va bu jarayon tezlasha boshladi. Orol dengizi sathini keskin pasayishi natijasida yuz minglab km2 dengiz tubi quridi va ochilib qoldi. Bu holat o'z vaqtida uylamasdan Amudaryo va Sirdaryo va ularning suvlarini shoxobchalarini sug'orish uchun ishlatish natijasida yuzaga keldi va shu jarayon Orol atrofida ekologik holatni va iqlimni keskin yomonlashishiga katalizator bo'ldi. Quyidagi jadvallardagi ma'lumotlar bunga yaqol dalil bo'ladi Yer yuzida ishlatiladigan suvning 70% qishloq xo'jaligi hissasiga to'g'ri keladi Butun sayyora bo'ylab har o'ninchi katta daryo bir necha oy mobaynida dengizga etib bormaydi. Kolorado daryosi endi dengizga etib bormayapti. 1,5 mlrd aholi sanitariya normalariga binoan xavfsiz ichimlik suviga ega emas. Har kun dunyoda 500 kishi ifloslangan ichimlik suvidan foydalanish oqibatida olamdan ko'z yumadi. 2025 yilga qadar suv tanqisligidan 2 mlrd. aholi aziyat chekish ehtimoli bor 1 kg kartoshkani etishtirish uchun 100 litr suv ishlatiladi 1 kg. guruch uchun - 400 l 1 kg mol go'shti etishtirish uchun - 300 l suv sarflanadi Harorat oshishi sabali XX asrning o'zidayoq dengiz sathi 20 sm.ga ko'tarilgan. 2050 yilga borib, iqlim o'zgarishi tufayli qochoqlarning soni 200 mln.kishiga etishi mumkin. Orol dengizi inqirozi bilan vujudga kelgan ekologik muammolar OROL KYeChA 1960 yilda: -Orol dengizi maydoni 68,9 ming km2; -dengiz uzunligi - 426 km; -dengiz kengligi - 284 km; -dengizning eng chuqur tubi - 68 m; -yillik suv kelishi - 50-55 km3; -suv hajmi - 1083 km3. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 48.79 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 48.79 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga