Mavzu: O'zbekiston iqlimini o'zgarishi va uning kutilayotgan oqibatlari Reja: O 'zbekiston iqlimining hozirgi o 'zgarishi va uning iqtisodiyotga hamda tabily resurslarga ta'siri Iqlimning o'zgarishi va uning ijtimoiy oqibatlari. Iqlim o'zgarishi muammolari Iqlim va uni o'zgarishining insoniyat rivojlanishiga ta'siri O'zbekiston iqlimining hozirgi o'zgarishi va uning iqtisodiyotga hamda tabiiy resurslarga ta'siri O'zbekiston Yevrosiyo materigining markaziy qismida, dengiz va oke- anlardan uzoqda joylashgan. U Janub va Sharq tomondan baland tog'lar bilan o'ralgan bo'lib 80 % cho'l va chala cho'l zonalariga to'g'ri keladi. Respublikaning chekka janubiy qismlari subtropik iqlim, shimoli mo'tadil iqlim mintaqalarida joylashgan. Yoz vaqtida kuchli quyosh radiatsiyasi ta'sirida qizib ketgan cho'llar ustida tropik to'zon havo massasi shaldla- nadi. Havoning o'rtacha oylik harorati 28-30°C ni tashkil qilsa, eng yu- qori ko'rsatkichlari 50°C gacha yetadi. Qishda iqlim ikki havo oqimining o'zaro ta'siri bilan belgilanadi. Shimol va g'arbdan hududga sovuq havo qarshiliksiz kirib keladi. Shu vaqtning o'zida Markaziy Osiyoga unchalik baland bo'lmagan Kopetdog' va Parapamiz tog'laridan o'tib, Arabiston dengizi va Fors qo'ltig'i ustida shakllangan iliq havo massalari kirib keladi. Shunday qilib O'zbekistonda subtropikka o'tuvchi kontinental iqlim shakllanadi. Iqhmning kontinental- ligi ob-havoning keskin o'zgarishlarida, haroratning sutkalik va yillik teb- ranishlarida ko'rinadi. O'zbekiston hududi 3 iqlim zonasiga bo'linadi: cho'l zonasi, tog' oldi (adir) va tog' zonalari. Oral va Ustyurt okruglarini hisoblamaganda, res- publikaning tekislik qismida beqaror qor qoplami va yumshoq qishlar bo'lib turadi. Shuning uchun Respublikaning qo'pchilik rayonlarida o'simliklaming rivojlanishi butunlay to'xtamaydi. O'zbekistonning iqlimi ham sayyoramiz iqlimiga o'xshab davriy o'zgarib turadi. Yer shari iqlimi o'zgarishining asosiy belgilovchisi harorat- dir. So'nggi yillarda haroratning o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu ayniqsa, 1973-1990-yillar yozda va 1981 - 1990-yillar qishda yaqqol namoyon bo'ldi. O'zbekistonda iqlim o'zgarishiga insonning ta'siri dastawal melio- ratsiya va cho'llashish natijasida amalga oshdi. Sug'oriladigan dehqonchilik rayonlarida suv omborlari tashkil etilishi natijasida yoz oylari harorat nis- batan pasayadi, havo namligi 10-15 %ga yetadi. Lekin bu juda kichik hududda boiganligi sababli O'zbekistonning barcha cho'l iqlimiga ta'siri deyarhk sezilmaydi. Ekologik muvozanatning izdan chiqishi, tuproq eroziyasi, ildiz ya- shaydigan yer qatlamida tuzlarning to'planishi, harakatdagi qumlarining vujudga kelishi, yaylovlarining buzilishi va shu kabi boshqa oqibatlar cho'llanishga olib keladi. Respublikamizning katta qismida sovuqsiz davr taxminan 200 kunni tashkil qiladi: Ustyurtda 160 kundan Sherobodda 280 kungacha. Havoning mutlaq minimal harorati -30°C ham pastroq. Ayrim hol- larda -40°C gacha yetishi mumkin. Vegetatsiya uchun samarali haroratlar yig'indisi nafaqat mo'tadil kenglik- lar ekinlarini, balki bir qator tropik ekinlar (g'o'za, anjir, anor, shakarqamish, xnrmo va boshq.) yetishtirish uchun yetarlidir. Atmosferada C02 miqdorining ortishi O'zbekistonda haroratning ko'tarilishi, atmosfera sirkulatsiyasining o'zgarishi nonormal atmosfera ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 09:47:13
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
357.31 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 09:47 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
357.31 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: pptx