Tabiat va jamiat orasidagi munosabatlar REJA: Insonga tabiatni ta'sir etish yo'nalishlari Insonning tabiatga ta'siri Ekologik inqirozlar Tabiatni muhofaza qilishni shakllari va aspektlari Hozirgi vaqtda, -deb ko'rsatadi I.A. Karimov, - jahon fan texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zaxiralardan xujalik maqsadida tobora ko'proq foydalanilmoqda. Buning ustiga, dunyo aholisi yildan-yilga o'sib borib ko'proq miqdorda oziq-ovqat, yoqilg'i, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa o'rmonlar egallab turgan maydonlarning jadal sur'atlarda qisqarishiga, yul saxrolarning bostirib kelishiga, tuproqning buzilishiga atmosferaning yuqorida joylashgan ozon qavatining kamayib ketishiga, yer xavosining о'rtacha xarorati ortib borishiga va xolatlarga sabab bо'lmoqda.Prezidentimiz о'zlarining kitobida shunday deydi: Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.Tabiat va inson о'zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bо'ladi.Bu konuniyatlarni buzish о'nglab bо'lmas ekologik falokatlarga olib keladi . Shuning uchun xam О'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilanoq о'zining bir qator qonuniyatlarini eng avvalo Asosiy Qonun- Konstitusiyasida atrof-muxitni buzmaslik va uni muxofaza kilishga aloxida etibor qaratdi. Jumladan Konstitusiyamizning 50-moddasida Fuqarolar atrof-muxitga extiyotkorona munosabatda bо'lishga majburlar deb kо'rsatilishi mamlakatimiz fuqarolariga sog'lom muxit yaratishda katta mas'uliyat yuklaydi. Konstitusiyaning, 55- moddasida esa, Yer, yer osti boyliklari, suv,о'simlik va xayvonot dunyosi xamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muxofazasidadir,deb kо'rsatilishi ona tabiat boyliklardan oqilona foydalanish zarur va ularni kо'z korachig'idek asrash barcha axoli uchun majburiy qilib qо'yadi. Insoniyat tarixining eng katta g'alabasi- ilmiy texnika jarayoni, taraqqiyoti va uning ilmiy natijalarini xalq xо'jaligining turli tarmoqlariga joriy etishdir. Ilmiy texnika jarayoni natijasida insoniyat о'zining extiyojini qondirish maqsadida, tabiatning yangi о'rganilmagan sirlarini о'rganishga, uning qonuniyatlarini ochib berishga, tabiiy boyliklardan foydalanishga bir muncha imkoniyat yaratdi. Okean va dengizlarni, kosmik fazoni, odam organizmining turli murakkab funksiyalarini xujayra va yadro darajasida о'rganib, bilimlarni rivojlantirib, turli kasallik sirlarini ochib, kо'p kasalliklarning oldini olishga va davolashga imkon topdi. Shu bilan bir qatorda, sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarning tо'la- tо'kis takomillashgani, xalq xо'jaligining turli soxalarida kimyoviy moddalarning ishlatilishi avtomobil transportining tez rivoji kо'p miqdordra zaxarli chiqindilarning paydo bо'lishiga olib keldi, ularning atmosfera xavosiga, suv xavzalariga, yer yuzasiga tashlanishi xamda juda kо'p miqdorda xо'jalik va sanoat axlatlarining paydo bо'lishi tabiatning jonli va jonsiz omillari о'zaro munosabatlarining buzilishiga,qolaversa, pirovardida inson salomatligiga salbiy ta'sir etib, uni turli kasallaklarga giriftor qilayotganining guvoxi bо'lib turibmiz. Bizning quyosh sistemamizda Yer sayyora yetarli energiyani quyoshdan oladi va bu undagi hayot uchun zarur bо'lgan harorat bilan to'g'ri taminlashga yordam beradi. Merkuriy Quyoshga eng yaqin sayyora ekanligi sababli kun bo'yi yuqori harorat kuzatiladi. Tunda esa haroratning ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 09:47:13
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
172.51 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 09:47 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
172.51 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: pptx