Tabiatdan foydalanish asoslari

Tabiatdan foydalanish asoslari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatdan foydalanish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Tabiatdan foydalanish asoslari Tabiat va jamiyat o'zining taraqqiyot bosqichlari. Tabiat va jamiyat o'zining taraqqiyot bosqichlariga ega. Tabiat bosqichlari-katarxey, arxey, proterazoy, paleazoy, mezazoy va kaynazoy. Bu bosqichlar bir-biridan tubdan farq qiladi. Jamiyat bosqichlari-ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalistik, kapitalistik va sotsialistik (bu bosqich barbod bo'ldi). Bizga ma'lumki iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi quyidagilarga bog'liq: aholining sog'lomligi, atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning holati. Аmerikalik geograflar kosmik rasmlarni o'rganib, quruqlikning 48 mln.km.kv. (yoki uning deyarli uchdan bir qismi) yerida inson xo'jalik faoliyati ta'sirining hech qanday asari yo'q degan xulosaga keldilar. Bu ko'rsatkich, Shimoliy Аmerika hududida-38%, MDH-34%, Xorijiy Osiyoda-14%, Xorijiy Yevropada-3%. Cho'llashish jarayoni soatiga 7 km tezlik bilan ro'y bermoqda, ya'ni yiliga 6,9 mln.gektar yer cho'lga aylanyapti. Cho'l va chala cho'l o'lkalarda har yili 20 mln gektardan ortiq yer holati keskin o'zgaryapti; Har daqiqada tropik o'rmonlardan 14-15 gektari qirqilib bormoqda va hokazo. «Tabiatdan foydalanish» deganda tabiiy resurs salohiyatini ekspluatatsiya qilishning barcha shakllari hamda uni muhofaza qilish bo'yicha tadbirlar majmuasi tushiniladi. Shuningdek, qayta tiklanadigan resurslarni muntazam tiklab borish, miqdorini ko'paytirish, ayrim hududlarni foydalanishdan chiqarib, alohida muhofaza qilinadigan ob'ektlar qo'riqxonalarga aylantirish kabilarni ham shu ma'noda tushunmoq kerak. Tabiatni maqsadga muvofiq holda o'zgartirish, tabiat biologik tizimlarining mahsuldorligini oshirish maqsadida rejali va ilmiy jihatdan asoslangan negizda uni barqaror ravishda o'zgartirish demakdir. Iqtisodiyot nazariyasi Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy fan bo'lib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, xuquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo'lib xizmat qiladi. Lekin ularning hyech biri iqtisodiyot nazariyasi fanining o'rnini bosolmaydi, bu fanning o'z vazifasi va predmeti bor. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashni turli nazariy qarashlarni o'rganib, sintez qilishdan boshlasak ma'qul bo'lar deb hisoblaymiz. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga nimani o'rgatadi? - degan savolning yechimi juda murakkab bo'lib, bu haqda o'tmishda xam, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar. Masalan, Aristotel bu fanni uy xo'jaligini boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan deb qaragan bo'lsa, merkantelistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to'g'risidaga, uning manbalari va ko'paytirish yo'llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish to'g'risidaga fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo'jaligi, ijtimoiy xo'jalik to'g'risidaga fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan deb ko'rsatadilar. A. Marshal esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning normal hayotiy faoliyagani tadqiq qilishdan iborat deb yozadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.34 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.34 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga