Yosh avlodning kamol topishida ekologik muhitning o'rni «Fuqarolar atrof,tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatga bo'lishga majburdirlar» O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 50-moddasi. Inson - tabiat tomonidan yaratilgan yagona eng oliy mavjudot. U juda katta, misli ko'rilmagan kuch-kudratga ega. Insoniyat uni o'rab turgan barcha shart-sharoitlarga moslasha oladi, moslasha olmasa uni o'z istaklariga moslashtiradi, natijada tabiat muvozanati buziladi, buzilgan muvozanat esa katta talofatlarga olib keladi. Tirik mavjudotlarni o'rab turgan ekologik muhit asosan insoniyat tomonidan salbiy tomonga o'zgartirib yuborildi. Buning asosiy sababi zavod-fabrikalar, transportlar va ulardan chiqayotgan chiqindilardir. Chiqindining zarari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 27 oktyabrdagi «Chiqindilar bilan bog'lik ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi tug'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorida ushbu yo'nalishga oid keng qamrovli chora-tadbirlar belgilangan. Atrof muhitning avtotransport vositalari bilan ifloslanishi asosan Dudburonlardan chiqayotgan gazlarning tarkibi va miqdoriga Transport tezligiga Mashinalar soniga Ko'chalarning katta kichikligiga Ularning loyihasiga Joy relefiga Turar joylarning topografik holatiga Joylarning iqlim sharoitiga Meterologik omillarga bog'lik Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi, unda ekologik haloqatni bartaraf qilish mavjud 230 davlat, 6,5 mlrd. dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorliklar sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta'siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Insoniyatni tashvishga solayotgan ko'plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo'li bilangina hal qilinishi mumkin. 1966 yildan xalqaro Qizil kitob elon qilindi. Biologik resurslarni himoya qilishda uning ahamiyati juda kattadir. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 martda BMT ga teng huquqli azo bo'lishi tabiat muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo'l ochib berdi. 1992 yil Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan BMT ning 11-umumjahon tabiatni muhofaza qilish kongressida O'zbekiston Respublikasi birinchi bor mustaqil davlat sifatida qatnashdi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda BMT ning atrof muhit masalalari bilan shug'ullanuvchi 7ta komissiyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ayniqsa Orol va Orol bo'yi ekologik muammolar xalqaro tashkilotning diqqat markazida bo'lib, ushbu yo'nalishda turli tadbirlar o'tkazilmoqda. Orolbo'yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash, ularga tibbiy yordam ko'rsatish hamkorlikni asosiy manbalaridan hisoblanadi. Jahon banki, Yevropaxavfsizlik va hamkorlik taraqqiyoti (OBSYe) va boshqalar ushbu ekologik masalani hal qilish ishiga katta hissa qo'shdilar. O'zbekistondagi nodavlat tashkilot ekologiya va salomatlik fondi Ekosan ekologik masalalarni hal qilishda xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga o'z hissasini qo'shmoqda. MDH mamlakatlari kelishuviga binoan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik 1992 yil tuzilgan Davlatlararo Ekologik Ittifoq (DEI) orqali amalga oshirildi. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish muammolarini hal qilishda O'zbekiston Respublikasi Milliy Osiyo davlatlari, Osiyo, ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 09:47:13
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.63 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 09:47 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.63 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:50 ]
Arxiv ichida: pptx