Yuksak ekologik madaniyat

Yuksak ekologik madaniyat

O'quvchilarga / Ekologiya
Yuksak ekologik madaniyat - rasmi

Material tavsifi

Yuksak ekologik madaniyat Bu ko'p jihatdan mahalla sharoitida sayqal topadi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida takidlanganidek, inson va tabiat bir-biri bilan muayyan qonuniyatlarga asosan o'zaro munosabatda bo'ladi, ularning buzilishi esa o'nglab bo'lmas ekologik haloqatlarga olib keladi. Ekologik tanglikni bartaraf etish hamda atrof-muhit muammolarini izchillik bilan hal qilish uchun yangicha va to'laqonli huquqiy dunyoqarash zarur. Inson va jamiyat faoliyatida tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab etish hamda unga amal qilish hal qiluvchi ahamiyatga egaligi bilan baholanadi. Xo'jalik faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirishda tabiat qonuniyatlarini hisobga olish, ularga rioya etish atrof-muhitga ta'sir jihatdan zararli faoliyatni ekologik asoslashning, unga yo'l qo'ymaslikning asosiy mezoni bo'lib xizmat qilishi lozim. Ularni bilish va hisobga olish, ekologik rayonlashtirish, tabiat zahiralaridan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini qo'llash, ekologik ekspertiza, sertifikatlashtirish va standartlashtirish, tabiatni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish, ekologik toza, chiqindisiz texnologiyalarni tatbiq etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning shu kabi boshqa huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda ayniqsa, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari (mahallalar) alohida ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishi, uning aholisi hayoti farovonligi hamda salomatligi, shuningdek, milliy xavfsizlik, tabiiy ekotizimlarni saqlash va atrof-muhitning mutanosib sifatini saqlab turish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklash orqaligina kafolatlanishi mumkin. Buning uchun atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo'naltirilgan ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosatini bosqichma-bosqich amalga oshirib borish darkor. Tabiiy tizimlarning saqlanishi hamda qayta tiklanishi borasida davlat va jamiyat faoliyati mutanosibligini ta'minlashga, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquq hamda vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida biosfera funksiyalarining saqlab turilishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Mamlakatimiz hududida joylashgan tabiiy resurslar, intellektual va iqtisodiy salohiyat ko'lami mamlakatning mintaqaviy ekologik muammolarni hal etishdagi ustuvor ahamiyatini ta'minlaydi. Shuningdek, atrof tabiiy muhitni va aholi salomatligini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash jarayonida yuzaga keladigan murakkab ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda mazkur sohaga yo'naltirilgan qonun hujjatlarining roli va ahamiyati beqiyosdir. Davlat ekologik siyosatining muvaffaqiyati yuqorida takidlangan sohalardagi qonunchilik hujjatlarining yanada takomillashtirilishiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Shu munosabat bilan, fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga doir qonunchilikni bosqichma-bosqich va tizimli takomillashtirib borish eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari davlat siyosatini aholiga yetkazish, tegishli yo'nalishlarda uni amalga oshirish vositasi va asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Mazkur bosqichda ekologik qonunchilikning maqsadli shakllantirilishi va takomillashtirilishi bilan bir qatorda, davlat boshqaruvining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 486.67 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:50 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 486.67 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga