Zaharli kimyoviy moddalar va ekogigiyena

Zaharli kimyoviy moddalar va ekogigiyena

O'quvchilarga / Ekologiya
Zaharli kimyoviy moddalar va ekogigiyena - rasmi

Material tavsifi

Zaharli kimyoviy moddalar va ekogigiyena Reja: 1. Kimyoviy zaharli moddalarning ishlatilish sabablari 2. O'simliklarni himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy vositalarning guruhlari 3. Pestitsidlarning gigiyenik va toksikologik sinfi 4. Pesgitsidlar va atrof-muhit 5. Zaharli moddalarni aerozol usuli bilan ishlatish hozirda keng tus olmoqda. 6. Pestitsidlarning organizmga ta'sir qilish mexanizmi 7. Pestitsidlarning tashqi muhitda aylanib yurishi 8. Zaharli ximikatlarning tashqi muhit obyektlari uchun me'yorini ishlab chiqish Kimyoviy zaharli moddalarning ishlatilish sabablari Hozirgi ilmiy-texnika rivoji davrida hayotning turli jabhalarida kimyo sanoati mahsulotlari keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Ayniqsa, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish borasida kimyoviy moddalarni, ya'ni pestitsidlarni, gerbitsidlarni, defoliantlarni, desikantlarni, antibiotiklarni va boshqalarni ishlatish katta ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonning serquyosh tabiati va o'ziga xos iqlim sharoitlari qishloq xo'jaligini barcha jabhalarining rivoji uchun qulaylik tug'dirish bilan bir qatorda qishloq xo'jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi har xil hasharotlar va zamburug''li, mikrobli, virusli kasalliklarning ko'payishiga yaxshi sharoit tug'diradi. O'simliklarni himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy vositalarning guruhlari O'simliklarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o'tlardan asrash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalarning umumiy atamasi pestitsid (lotincha «pestis» - yuqum, «cido» - o'ldirmoq, yo'q qilmoq so'zlardan olingan)lar bo'lib, ular kimyoviy tarkibi, qaysi maqsadlar uchun qo'llanilishiga qarab, shuningdek, zararkunandalar organizmiga o'tish usuli hamda qanday ta'sir qilishiga qarab guruhlarga bo'linadi. Pestitsidlarni ishlatilish maqsadiga qarab shartli ravishda guruhlarga bo'lingan. Chunki, talaygina pestitsidlar ko'p tomonlama ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega va xilma-xil obyektlarga ishlatiladi, ya'ni ular zararkunanda hasharotlar, ularning tuxumlari, g'umbak lichinkalarini ham nobud qilish xususiyatiga ega. Pestitsidlarning gigiyenik va toksikologik sinfi Joriy etilgan tartibga muvofiq qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi amaliyotida qo'llanish uchun tavsiya etilgan har qanday yangi pestitsid modda oldin toksikologik jihatdan sinab ko'rilishi zarur. Yangi moddani shu tariqa o'rganish asosida uni qishloq xo'jaligida ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi to'g'risidagi muammo hal qilinadi, shu bilan birga preparat qanday sharoitlarda foydalanilganda butunlay havfsiz bo'lishi belgilab beriladi. Mazkur kimyoviy modda bilan ishlash vaqtida uning qanday konsentratsiyada havoda bo'lishiga yo'l qo'yilishi, oziq-ovqat mahsulotlarida ko'pi bilan qancha bo'lishiga ruxsat etilishi aniq ko'rsatib beriladi. Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo'jaligida o'simliklarga purkash, changlash, urug'larni dorilash va ba'zi boshqa ishlar vaqtida qattiq yoki yog'li pestitsid zararlaridan iborat aerozollar hosil bo'ladi. Zaharli kimyoviy moddalar zaharliligiga qarab bir necha guruhlarga ajratiladi 1. Me'daga (kuzatuvda bo'lgan hayvonlarning me'dasiga) yuborilganida ko'rsatadigan ta'siriga qarab: 2.Teridan so'rilib ta'sir qilishiga qarab: 3.Uchuvchanligiga qarab: 4.To'planishi (kumulyatsiyalanshi)ga qarab: 5.Chidamliligiga qarab (tashqi muhitda): 6.Xavfli o'smalar paydo qilishi (kanserogenligi)ga qarab: 7.Mutagenligiga qarab: 8.Teratogenligiga qarab: 9.Embriotropligiga qarab: 10.Allergik xossalariga qarab: Pesgitsidlar va atrof-muhit Pestitsidlarni qo'llash usullarini tadbirkorlik bilan olib borish tufayli atrof-muhitni ifloslanishdan ma'lum darajada saqlashga imkon tug'iladi, qulay ekologik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:50 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga