Biosfera va inson faoliyati

Biosfera va inson faoliyati

O'quvchilarga / Ekologiya
Biosfera va inson faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va geografiya kafedrasi 21-17 guruh talabasi SHARAFUTDINOV MIRJALOLning Biogeografiya fanidan tayyorlagan taqdimoti. Tekshirdi : Altiboyeva M Biosfera va inson faoliyati REJA: 1 Biosfera haqidagi bilimni rivojlanish tarixi. 2. Vernadskiyning biosfera va «Tirik modda» haqidagi nazariyasi. 3. Biosfera haqida zamonaviy tushunchalar. 4. Energiyaning yo'nalishi va biosferada moddalarning aylanishi. 5. Biosferaning tirik moddalari. 6. Ekologik piramidalar. 7. Oziqa zanjirida ksenobiontlar kontsentratsiyasi. Biosfera haqidagi bilimni rivojlanish tarixi. Planetamizda tirik organizmlarni tashqi Faktorlar ta'sirida o'zgarishi va ularga tabiiy hodisalarning ta'sir etishi haqidagi tushuncha juda ham ilgari yuzaga kelgan. Bu masaladagi dastlabki tushunchalar 1629-1695 yillarda yashagan Gollandiyalik olimlar B. Varenius va Gyuyngens, fransuz naturalist olimlari J. Byuffon (1707-1788) va «Biologiya» terminni birinchi bo'lib fanga kiritgan J. B. Lamark (1744-1829) asarlarida yoritilgan. Vernadskiyning biosfera va «Tirik modda» haqidagi nazariyasi. Biosfera va tirik moddalar haqidagi V. I. Vernadskiy ta'limoti monumental va fundamental nazariya hisoblanadi. Chunki, uning nazariyasi bo'yicha biosfera har tomonlama keng va asosli yoritilgan. V. I. Vernadskiy bo'yicha biosfera yerning oddiy hayot mavjud bo'lgan qismi bo'libgina qolmasdan tashkiliy po'stlog'i hamdir. Lekin biosferadagi hayotiy jarayonlarning ham ma'lum chegarasi mavjud. Biosfera haqida zamonaviy tushunchalar Biosfera hozirgi zamon tushunchasi bo'yicha yer po'stlog'ining o'ziga xos qismi bo'lib, barcha jarayonlar tirik organizmlar vositasida sodir bo'ladi. Biosfera - litosfera, gidrosfera va atmosferaning uchrashgan joyida joylashgan. U yerning 10 km gacha ichki qismini 33 km gacha yerning ustki qismini egallagan. Ushbu qatlamlarda tirik va tirik bo'lmagan organizmlarning o'zaro ta'sir etadigan kompleksi mavjud. Biosfera tarkibi ulkan tabiiy muhitlarni hosil qiladigan juda kichik bo'lakchalardan iborat. Biosferada tirik va tirik bo'lmagan tabiat shu darajada birikib ketganki ularni bir-biridan ajratib o'rganish juda qiyin. Energiyaning yo'nalishi va biosferada moddalarning aylanishi. Yer biosferasida moddalarning doimiy harakati va qayta taqsimlanishi sodir bo'ladi. Unda harorat va bosim ta'sirida qattiq, suyuq va gaz xoldagi tanalarning o'zgarishi sodir bo'ladi. Litosferaning asosiy elementlari kislorod, kremniy, alyuminiy, temir, magniy, natriy va kaliy bo'lib ular katta aylanishga qatnashadi. Moddalarning katta aylanishida birinchi navbatda yengil elementlar gazlar, tabiiy suvlar harakatlanadi. Qattiq moddalar sekin aylanadi: bunday aylanishga 80 - 100 million yil bo'ladi. Biosferaning tirik moddalari. 1. Molekulyar darajadagi - ya'ni, avlodlarni strukturasining birligi. Unda oqsil, nuklein kislotalari, uglevodlarning o'zaro aloqasi ko'zda tutiladi. Ana shu darajada tirik organizmlarga xos bo'lgan nur va kimyoviy energiya almashinuvi DNK, RNK ionlari orqali irsiy belgilarni avloddan-avlodga ko'chib yurishi sodir bo'ladi. 2. Hujayra darajasidagi - biologik aktiv molekulalar yagona tizimda bo'ladi. 3. To'qima darajasidagi - bir xildagi hujayralar to'qimalar hosil qiladi. 4. Organlar darajasida - bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 285.89 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 285.89 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga