Biosfera - rasmi

Material tavsifi

Biosfera. REJA: Biosfera haqida tushuncha. Biosferada hayotning taqsimlanishi. Tirik modda. Tabiatda moddalarning aylanishi. 1.Suvning tabiatda aylanishi. 2.Uglerod elementining tabiatda aylanishi. 3.Azotning tabiatda aylanishi. Hozirgi davrda inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari. 1.Biosfera haqida tushuncha. Erda hayot paydo bo'lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida u rivojlanib kelmoqda. Erning tirik organizmlar va biogen cho'kindi tog' jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik Vernandskiy V.I (1920) Biosfera (grekcha - bios - hayot, sfera- shar) deb nomlagan.Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig'i hisoblanib, tirik organizmlarning o'zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuasini tashkil qiladi. Biosferaga faqatgina erning qobig'ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmasdan balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo'lgan litosferaning yuqori qismi ham kiradi. 2.Biosferada hayotning taqsimlanishi. Biosfera o'z ichiga atmosferaning qo'yi qatlamlari, ya'ni troposferaning (10-) gacha balandlikkacha faol hayot mavjud bo'lgan, ba'xi balandlikdagi strata-sfera qatlamida tinim holidagi organizmlarning chang donachalari va boshqalar uchrashi mumkin. Hamda suv qobig'i gidrosferani oladi. Erning yuzasi qattiq qobiq-litosferadan iborat bo'lib, uning qalinligi odatda 30ғ60, ba'zan 100- va undan ham ortishi mumkin. Hayot belgilar ushbu chuqurlikdan pastda uchrashiga tasodifiy hol deb qarash mumkin. Keyingi yillarda shunisi ma'lumki, chuqurlikdagi neftni haydovchi suvlarda mikroorganizmlar uchrashi kuzatilgan. Atmosfera qatlamida esa hayot chegaralari 25-40 kmni tashkil qiladi. Biosferaning ostida qalinligi 5-6 kmgacha boradigan chukindi tog' jinslaridan iborat atmosfera qatlami yotadi. Uning hosil bo'lishida tirik organizmlarning roli katta. Chukindi tog' jinslari gidrosferada hosil bolib, uning kelib chiqishida ham tirik organizmlar, suv, shamol muhim omillardan hisoblanadi. 3.Tirik modda. Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig'indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan. Organizmlar tirik massasining 99,9% i 14 ta ximiyaviy element tashkil qiladi va er sharining tuzilishini tarkibini ham 98,9% i shu elementlarga to'g'ri keladi. Shunday qilib hayot bu er sharining ximiyaviy ishlab chiqarish mahsuludur. Tirik organizmlarda Mendeleev davriy sistemasidagi barcha elementlar uchraydi. Tirik moddalar bir tekis tarqalgan joylar, suv qatlami-litosfera va troposferalar chegarasi, ya'ni tuproq va uning qatlamidagi o'simlik ildizlari, zamburug'lar, mikroorganizmlar, tuproqda hayot kechiruvchi boshqa organizmlar, shuningdek troposferaning tuproq yuzasidagi qismi, joylashgan qatlam hisoblanadi. Bu erda o'simliklarning sporalari, chang donachalari va urug'larning asosiy massasi ham uchib yuradi. Ushbu qatlam fitosfera deb yuritiladi va biosferada energiya to'plovchi organizmlar asosan o'simliklar hisoblanadi. Biosfera uchun faqat tirik moddaning bo'lishi harakterli bo'lib qolmay, balki u qo'yidagi xususiyatlarga ham ega bo'ladi: suvning bo'lishi (suyuq holatda), juda ko'p miqdordagi quyosh nurlari oqimining tushishi: biosfera moddalarining uch agregat holatida bo'lgan chegarada ya'ni qattiq, suyuq va gazsimon fazalarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham biosfera uchun uzluksiz holatdagi moddalar va energiya aylanishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 164.31 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 164.31 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga