Ekologiya so'zi yunonchadan olingan bo'lib, eykos - uy, turar-joy, logos - fan, ta'limot degan ma'nolarni anglatadi. Bu atamani fanga birinchi bo'lib, 1866 yilda nemis tabiatshunosi Ernest Gekkel kiritgan. Ekologiya - organizmlar o'rtasidagi o'zaro va ularni yashash muhiti bilan bo'ladigan munosabatlarga doir fan. Ekologiyaning obyekti - tirik organizmlar va ularni atrof-muhiti, aniqrog'i, yagona ekologik tizimdagi o'zgaruvchan tirik organizmlar va o'zgaruvchan atrof - muhitdir. Ekologiyaning predmeti - Yagona ekologik tizimdagi ekiologik o'zgaruvchan organizmlar va ularning o'zgaruvchan atrof tabiiy muhiti o'rtasidagi munosabatdir. Ekologik inqiroz - jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabat muvozanatining barqaror ravishda buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit holatining yomonlashib borishi, davlat boshqarish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasliklari hamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo'qolishi, ya'ni tabiiy muhit inqirozi va ijtimoiy muhit faloqatiga olib keladi. Orol dengizining qurishi Orolbo'yi mintaqasida ijtimoiy ekologik vaziyatning og'irlashishiga olib keldi. Orol dengizining 45 ming km. qismi qurib, quruqlikka aylandi. Dengiz suv sho'rligi 72 glitrdan oshgan. 174 tur hayvon turlaridan z8 tagacha qisqardi. Har yili Orolning qurigan tubidan 15-75 million tonna Tuz va chang ko'tariladi 16091997 Orol dengizining qurishiga olib kelgan omillar va uning oqibatlari O'rta Osiyoda sug'oriladigan yerlar maydonining ortib borishi, suvdan noto'g'ri foydalanish, iqlim o'zgarishi So'nggi 40-45 yil ichida dengiz sathi 53 metrga pasaydi. Uning o'rnida sho'rxoklar va harakatchan qumlar vujudga keldi Ichimlik suvda tuzlar miqdori 2-4 gl ni tashkil qiladi. Dengiz biomahsuldor havza sifatida o'z ahamiyatini yo'qotdi. Bioxilma-xillik keskin kamaydi. Orolbo'yida tabiiy va antropogen cho'llashishning suratlari ortib bormoqda 4102007 Barqaror rivojlanish - kelajak avlodning o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini ta'minlagan holda hozirgi ehtiyojlar qondiriladigan rivojlanish. Barqaror taraqqiyot - iqtisodiy ne'matlarni kelajak avlodlar uchun saqlagan holda odatli taqsimlash darajasiga erishishdir. Tabiat - bu ajdodlardan qolgan meros emas, balki avlodlardan qarzga olingan boylikdir. Barqaror rivojlanish konsepsiyasidan Barqaror rivojlanish konsepsiyasi - ekologik muammolarni faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimini topish orqali kompleks ravishda mahalliy, milliy, mintaqaviy, global miqyosda uyushgan tarzda hal qilish. Ushbu dunyoqarash asoschisi sobiq Norvegiya premyar ministri gro Xorlem Brutland bo'lib, u 1987 - yilda BMT qoshida tuzilgan maxsus atrof-muhit Komissiyasi tayyorlagan Bizning umumiy kelajagimiz degan hisobotida to'liq aks etgan. Mazkur konsepsiyani amalga ashirish masalalari 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan atrog-muhit va rivojlanish xalqaro konferensiyasida ko'rib chiqilgan. Qur'oni Karimda: Baqara surasi 29-oyat: U Shunday zodki, siz uchun yerdagi barcha narsalarni yaratdi. A'rof surasi 56-oyat: Yerni yaroqli qilib qo'yganlar keyin unda buzg'unchilik qilmangiz. Baqara surasi 205-oyat: …Oldingizda ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari bilan yuradi, Alloh esa, fasodni yoqtirmaydi. Hadisdan: Yenglar, ichinglar, ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 11:44:11
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.13 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 11:44 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.13 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: pptx