Ekosistemalar taqdimot

Ekosistemalar taqdimot

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekosistemalar taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Ekosistemalar Tayyorladi: Qabul qildi: Ekosistema Ekologik sistema deb birga yashovchi har xil organizmlar va ularning yashash muhiti orasidagi qonuniyatli bog'lanishga aytiladi. Bunga o'rmon, o'tloq, ko'l va boshqalar misol bo'ladi. Masalan, o'rmonni shunday ta'riflasa bo'ladi: O'rmon bu geografik shakllangan, o'z-o'zini boshqaruvchi o'simlik va hayvonlar populyatsiyalari yig'indisi bo'lib, ular uchun muhitni boshqaruvchi asosiy rolni bir tur, yoki bir necha turga mansub populyatsiya o'ynaydi. Ana shunday jamoalarni ifodalash uchun akademik V.N Sukachev(1942) biogeotsenoz terminini tavsiya etgan. Ekosistema Organizmlar va anorganik komponentlar birligida, modda almashinuvini amalga oshiradi. Shu tarzda ekologik sistema tashkil topadi. Ekosistema» tushunchasi ilk bor ingliz ekologi A. Tensli (1935) tomonidan qo'llanildi. U ekosistemalarni tabiatning yer yuzidagi eng asosiy birligi deb hisobladi. Modda aylanishinig amalga oshishi uchun anorganik moddalar va yana 3 ekologik guruh organizmlari-produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar bo'lishi lozim. Produtsentlar-bu avtotrof organizmlar bo'lib, anorganik birikmalaridan foydalanadi. Konsumentlar-bu geterotrof organizmlar bo'lib, produtsentlar va boshqa konsumentlar hosil qilgan organik moddalardan foydalanadi. Redutsentlar-organik moddalar hisobiga yashaydi va ular moddalarni qayta o'zlashtiriladigan birikmalarga aylantiradi. Tabiatda turli ekosistemalar uchraydi. Masalan daraxtlardagi lishayniklar yostiqchasi, yoki kichikroq muvaqqat suv havzasi, o'tloq, o'rmon, dasht, cho'l, okean, butun yer yuzining hayot bilan band qismi. Ozuqa zanjiri Jamoalardagi ozuqa zanjiri bu energiyaning bir organizmdan ikkinchisiga berilish ketma-ketligidir. «O'simlik-xashorat-baqa-ilon-kalxat» ozuqa zanjirida birinchi bo'g'indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi. Ekosistemalar oziq to'rlari orqali o'zaro bog'langandir Dasht ekosistemasida hayvonlar o'rtasidagi ozuqa aloqalari Har bir ozuqa zanjiri, birlamchi va ikkilamchi hosildorlik hosil qilish tezligi va mahsulotlarning taqsimlanishi bo'yicha turlichadir. Ekosistemalarda birlamchi va ikkilamchi hosildorlikning miqdoriy ko'rsatgichlari mavjud. Bu hosildorlik piramidasi qonuni deyiladi. Har bir ozuqa zanjirida malum vaqt davomida hosil qilinadigan biomassa yoki mahsuldorlik keyingi ozuqa zanjiriga nisbatan ko'p. Energiya oqimi va ekosistemalar mahsuldorligini aniq hisobga olish, ulardagi modda aylanishini boshqarish orqali odamlar uchun ko'proq hosil olishda yordam beradi. Bundan tashqari tabiatdan o'simlik va hayvonlar biomassasining qanchasini olish mumkinligini bilishimiz ham kerak. Ularga zarar keltirmaslik, yerning eng yuqori biologik mahsuldorligini bilish maqsadida chet mamlakatlarda 1969-yildan buyon xalqaro biologik dastur bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Birlamchi biologik mahsuldorlikning o'sish tezligi o'simliklar fotosintetik apparatining imkoniyatlariga bog'liq. O'simliklar jamoasida fotosintezning foydali ish koeffitsenti bor yo'g'i 5% ni tashkil qiladi. Umuman, Yer shari bo'yicha o'simliklar tomonidan quyosh energiyasining faqat bir foyizigina o'zlashtiriladi. Chunki fotosintez aktivligi ko'p omillar tomonidan cheklandi. Yer yuzida birlamchi biologik mahsuldorlik notekis taqsimlangan. Eng yaxshi ekologik sharoitda, namlik, yorug'lik, mineral tuzlar, issiqlik etarli bo'lgan joylarda o'simliklarda eng yuqori o'sishi kuzatiladi. Shimoliy muz okean qirg'oklaridagi ekosistemalar mahsuldorligi 20 ts ga, qora dengizning Kavkaz tomon sohilida u 200 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga