Orol fojiasi

Orol fojiasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Orol fojiasi - rasmi

Material tavsifi

Nav.D.P.I tarix fakulteti tarix o'qitish metodikasi 2-A guruh talabasi Amontoshev Qodirning O'zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu:Orol fojiasi Reja: Orol dengizi Rus olimlarining e'tiroflari Orol dengizining qurib borishining salbiy oqibotlari Mustabid tuzumning 70 yildan ko'proq da-vom etgan mustamlakachilik siyosati,uning O'zbekiston va O'rta Osiyo mintaqasidagi boshqa Respublikalarning tabiiy xomashyo re- surslaridan o'ylamay-netmay foydalanishi,pax- ta yakkahokimligining izchillik bilan joriy etili- shi bu yerda ko'p asrlar mobaynida vujudga kelgan va mavjud bo'lgan tabiiy muvozanatni izdan chiqardi,juda murakkab ekologik muam-molarni vujudga keltirdi,shular sababli Orol muammosi haloqatli tus oladi. Orol dengizi noyob tabiat ne'mati bo'lib,uning paydo bo'lishi O'rta Osiyodagi ikkita daryo -Amudaryo va Sirdaryo tufayli bundan 2-2,5 mln yil muqaddam ro'y bergan. O'rta Osiyodagi to'rt xalq- o'zbeklar,qoraqalpoqlar,qozoqlar va turkmanlarning tarixi eng qadim zamonlardan buyon Orol bilan bog'liq bo'lib kelgan.Orolbo'yi ana shu xalqlar qadimgi bosqichining shakllanish beshigi hisoblandi. Ularning ajdodlari bu yerda,o'sha vaqtdagi Xorazm vohasida yuksak madaniyati bilan ajralib turuvchi qadimgi sivilizatsiyani yaratgan.O'zining rasadxonasiga ega bo'lgan. Qo'yqirilgan qal'a shaharchasining xarobalari (miloddan avvalgi IV asr) ana shundan dalolat beradi. Bu yerdagi rasadxona nafaqat mamlakatimizda,shu bilan butun O'rta Osiyo mintaqasidagi eng qadimgi rasadxona hisoblanadi. Bu hududda eng qadimgi zamonlardan boshlab sug'orma dehqonchilik va meva turlari yetishtirilgan,ulardan yuqori hosil olingan.Bugun vohaning o'ziga xos qulay mikroiqlim sabab bo'lgan,u ana shu yerda Orol dengizini hosil qilgan. Shunday qilib eng qadimgi zamonlardan buyon Orolbo'yida yashab kelgan xalqlarning taqdiri Amudaryo,Sirdaryo va Orol bilan nihoyatda bog'liq bo'lgan. XIX asrning oxirida rus iqlimshunosi,geografi, Peterburg akademiyasining a'zosi Aleksandr Ivanovich Voeykov Orol dengizini keraksiz dengiz sifatida uni quritishni taklif qiladi. Podsho hukumati uning alahsirab aytgan bu taklifini amalga oshirishga ulgura olmagan edi. Biroq chorizmning mustamlaka-chilik siyosatini o'ziga xos usulda davom ettirgan sovet hokimiyati mazkur taklifni juda ustamonlik bilan amalga oshirdi. Chorizmning Markazni boyitish sohasidagi olib borgan siyosati illiy chekka o'lkalarning tabiiy resurslarini talon-taroj qilishga olib keldi. Bunga ajablanmasa ham bo'ladi,-deydi I.A.Karimov- Tabiiy va mineral xomashyo zaxiralaridan vahshiy-larcha,ektensiv usulda,juda katta xarajatlar va isrof-garchilik bilan foydalanishga asoslangan sotsialistik xo'jalik yuritish tizimining butun mohiyatiga mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab munosabatda bo'lish g'oyasi butunlay yot edi. Orol dengizining qurib borishi bir qator salbiy hodisalarga olib keldi: -suvdan foydalanishda va yerlarni o'zlashtirishda ilmiy asoslarning mavjud emasligi,suvni talon-taroj qilinishiga qishloq xo'jaligining ekstensiv rivojlanishi ekin maydonlarining sho'rlanishiga,bu maydonlar bir qismini qishloq xo'jalik oborotidan butunlay tushib qoldi. - dengiz suvining shiddat bilan pasayib borishi natijasida 3 mln ga.dan ortiq qurigan dengiz tubini qumli sahroga aylantirdi.Kuchli bo'ron-lar paydo bo'lib,tuzli qumlarni 4 km yuqoriga va 200km kenglikka tarqata boshladi. Bunday bo'ronlar har yili 6-9 marta,keyingi vaqatlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 74.16 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 74.16 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga