O'zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza to'g'risidagi qonuni Ekologik ekspertiza to'g'risida qonun 200-yil 25-may 73-II-sonli qaror ostida qabul qilindi. U 26-moddadan iborat. Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ro'yobga chiqarish O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 193-moddasiga asosan ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. EKOLOGIK EKSPERTIZA TO'G'RISIDA 1-modda. Ekologik ekspertiza tushunchasi Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro'yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi. EKOLOGIK EKSPERTIZA MAQSADLARI Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi: mo'ljallanayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to'g'risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lsa yoki shunday ta'sir ko'rsatayotgan bo'lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash. EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY prinsipLARI Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; xolislik; asoslilik; ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; har qanday rejalashtirilayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumptsiyasi; xo'jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog'lig'iga ta'sirini baholashning kompleksliligi. Davlat Ekologik Ekspertizasi Ekspertining Majburiyatlari Davlat ekologik ekspertizasi eksperti: davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya etishi; davlat ekologik ekspertizasi o'z vaqtida, kompleks, xolis, sifatli o'tkazilishini hamda belgilangan tartibda xulosa berilishini ta'minlashi; davlat ekologik ekspertizasining muayyan obyektiga nisbatan shaxsiy manfaatdorligi bo'lgan taqdirda o'zini o'zi rad etishi; davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan materiallarning but saqlanishini hamda davlat, harbiy, xizmat va tijorat siri bo'lgan ma'lumotlarning oshkor qilinmasligini ta'minlashi shart. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT ...

Joylangan
10 Sep 2023 | 11:44:11
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.44 MB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2023 [ 11:44 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.44 MB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: pptx