O'zbekiston va Yunesko

O'zbekiston va Yunesko

O'quvchilarga / Ekologiya
O'zbekiston va Yunesko - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON VA YUNESKO O'zbekiston YUNESKOGA 1993-yilda a'zo bo'lgan. 1996-yilda poytaxtimizda mazkur nufuzli tashkilotning vakolatxonasi ish boshlagan. O'tgan yillar mobaynida O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib, hamkorlikda ko'plab loyihalar amalga oshirildi. YUNESKO 1945-yilning 16-noyabrda tuzilgan. YUNESKOning Birlashgan maktablar dasturi tarmog'i ta'lim sohasidagi asosiy dastur hisoblanadi. Dunyodagi olti mingdan ziyod maktab Birlashgan maktablar dasturi a'zosidir. Ushbu dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo muloqot va barqaror taraqqiyot g'oyalarini targ'ib etish hamda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan. YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish bo'yicha faol ish olib bormoqda. 1996-yildan buyon mazkur tarmoqqa yurtimizning 45 ta'lim muassasasi a'zo bo'lgan. Mazkur ta'lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli qatnashib, Ta'lim barcha uchun maqsadlarini va BMTning barqaror taraqqiyot ta'limi o'n yilligini targ'ib etmoqda. Yunesko bosh direktori-Irina bokova va Islom karimov YUNESKO tomonidan 2003-yilda Barqarorlik va taraqqiyot uchun ta'lim 10-yilligi e'lon qilindi. Bu borada mamlakatimizda ham ko'plab tadbirlar o'tkazilmoqda. Ushbu dastur doirasida aholining til o'rganish imkoniyatlarini kengaytirish, ma'naviyat va ma'rifat yo'nalishlari bo'yicha ta'limni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlaridan yanada keng foydalanishni ta'minlash kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda YUNESKO yurtimizda o'tadigan ko'plab madaniy tadbirlarning mehmoni, tashkilotchisi va ishtirokchisidir. Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalida ham tashkilot muntazam qatnashib keladi. O'zbekistonning YuNESKO bilan hamkorligi alohida e'tiborga molik. Yurtimizdagi ko'plab tarixiy-madaniy obyektlar YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan. Prezidentimiz tomonidan asos solingan Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali madaniyat va san'atni rivojlantirish, millatlararo do'stlikni mustahkamlashga katta hissa qo'shmoqda. О'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, YUNESKO ishlari bо'yicha О'zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi hamda institut hamkorligida 2014-YIL 21 fevral Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bо'lib о'tdi. Tadbirda YUNESKOning О'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat, Bangladesh davlatining О'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Monnan ishtirok etdila Tadbirni ma'naviy-ma'rifiy ishlar bо'yicha prorektor A.Mavrulov ochdi. Tadbirda YUNESKO ishlari bо'yicha О'zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi mas'ul kotibi A.Ikromov Tinchlik sо'zining yozuvi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori N. Muhammadiyev О'zbek tilining jahon xalqlari tarixi va madaniyatida tutgan о'rni, Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori о'rinbosari M.Nurmatova Til millat kо'zgusi mavzularida sо'zga chiqdilar. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2014-yil 15-16-may kunlari Samarqand shahrida O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi. Unda ishtirok etgan YuNESKO Bosh direktorining o'rinbosari Xubert Gizen YuNESKO uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan ushbu muhim tadbirni tashkil etgani hamda ta'lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot sohalarini rivojlantirishga qaratayotgan e'tibori uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.37 MB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.37 MB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga