Antropogen omillar. Reja: 1.Tabiatda sodir bo'ladigan barcha antropogen o'zgarishlarning turlari va yo'nalishlari 2. Tabiat va jamiyatning o'zaro munosabati 3. Tabiiy resurslar va ularning tasnifi 4. Antropogen ifloslanishlarni nazorat usullari 5. Insonning tabiatga ta'sirining REM. 1.Tabiatda sodir bo'ladigan barcha antropogen o'zgarishlarning turlari va yo'nalishlari Odam o'z faoliyati jarayonida tabiatga, ayniqsa, o'simliklar va hayvonlar hayotiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Bunga antropogen omil deyiladi. Insonning tabiatga ko'rsatadigan ta'sirini ikki guruhga bo'lish mumkin. Ulardan biri tirik organizmlarga yoki ularning ayrim vakillariga ko'rsatayotgan to'g'ridan - to'g'ri ta'siri bo'lsa, ikkinchisi esa insonning atrof - muhitni o'zgartirish kabi salbiy ta'siri hisoblanadi. Odamlar qo'riq erlarni ekinzorlarga aylantirish, botqoqliklarni quritish, o'rmonlarni kesish va yaylovlarda uzluksiz mol boqish yo'li bilan juda katta maydonlardagi o'simliklar qiyofasini o'zgartirib yuborishi mumkin, bu esa o'z navbatida ana shu joylarda yashaydigan hayvonlar populyatsiyalariga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Shuningdek, ixota daraxtzorlari barpo qilish, sun'iy yaylovlar tashkil etish o'simlikni bir joydan ikkinchi iqlim sharotiga ko'chirish bilan ham o'simliklar hayotini ancha o'zgartiradilar. Insonning tirik organizmlarga ko'rsatayotgan ta'sirini to'rtta guruhga ajratish mumkin: Oziqa va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun (ovlash, baliqchilik, o'rmonlarni kesish, o'tlarni o'rish va shu kabilar) tirik organizmlardan foydalanish. O'simliklarni ko'paytirish (madaniylashtirish) va hayvonlarni qo'lga o'rgatish. Aklimitizatsiya va introduksiya, yani organizmlarning tabiiy arialidan boshqa joylarga ko'chirib olib borish va moslashtirish. Yangi madaniy o'simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish. Inson tabiatga ko'rsatadigan kuchli ta'siri orqali biotik va abiotik sharoitlarni o'zgartiradi. Insonning ana shunday faoliyatlariga suv inshootlari qurilishlari (suv omborlari, gidroelektr stansiyalar), yerning meliorativ holatini yaxshilash (sug'orish, quritish), mineral o'g'itlar, pestitsidlar va defolyantlardan foydalanish natijalari kiradi. Inson kamida 70 mln yil davomida tarkib topgan tirik dunyo manzarasini bir necha o'n yilda o'zgartirib yubordi. Uning tirik organizmlarga salbiy ta'siri natijasida yer yuzida ko'plab o'simlik va hayvon turlari yo'qolib ketdi. Ovchilik bilan intensiv shug'ullanish ko'pchilik hayvon turlarini yo'q qilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri 26 yil davomida butunlay qirilib ketdi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Ahvolning keskinlashganligini hisobga olib xalqaro tabiatni muhofaza qilish birlashmasi tomonidan «Qizil kitob» tashkil etildi. Unga yo'qolish arafasidagi yoki noyob o'simlik va hayvon turlari kiritilgan. Chunonchi, Respublikamizda yovvoyi hayvonlarning 99, parrandalarning 410, baliqlarning 79 turi mavjud bo'lib, ulardan 32 hayvon, 41 parranda, 5 ta baliq O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Uning tarkibidan 400 ta yo'qolib borayotgan noyob o'simlik turlari ham o'rin olgan. Bu «Qizil kitob»ning asosiy maqsadi xavf - xatar ostida qolgan ko'pchilik o'simlik va hayvon turlarini saqlab qolishdan iboratdir. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik u yoki bu regionning iqlim sharoitini o'zgartirib, uning fauna va florasiga tiklab bo'lmaydigan darajada zarar keltirish ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.38 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.38 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:25 ]
Arxiv ichida: docx