Antropogen o'zgargan va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik-xuquqiy jixatlari

Antropogen o'zgargan va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik-xuquqiy jixatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Antropogen o'zgargan va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik-xuquqiy jixatlari - rasmi

Material tavsifi

Antropogen o'zgargan va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik-huquqiy jihatlari Reja: 7.1 SHaharlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy jihatlari. 7.2 Agrar hududlarning ekologik huquqiy jihatlari 7.3 Sanoat hududlarning ekologik-huquqiy jihatlari 7.4 Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik huquqiy jihatlari Tayanch iboralar: Agrar hudud, alohida muhofaza etiladigan hududlar, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, rekratsion hududlar 7.1 SHaharlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy jihatlari. Insoniyat ilmiy-texnik inqilobining oqibatlaridan biri urbanizatsiyadir (lotin tilida «urbanus» - shaharlik), ya'ni sanoat va aholining shaharlarda mujassamlasha borishi. Ayniqsa, bu jarayon iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lib, ularda aholining 70-80 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. Natijada, ularda atrof tabiiy muhitga bo'lgan antropogen bosim boshqa hududlarga nisbatan bir necha bor yuqoridir. SHaharlarda atrof tabiiy muhitning antropogen o'zgarganlik darajasi, avvalambor, uning katta yoki kichikligiga, sanoatlashganligi va ularning faoliyat yo'nalishlariga, maishiy xizmat ko'rsatish darajasiga va transport tarmoqlarining infrastrukturasiga bog'liq. Yer kurrasida 170 dan oshiq millioner (aholisi 1 mln.kishidan ortiq bo'lgan) shaharlar mavjud. Aholishunoslik fanining qoidalariga binoan, katta shaharlarga aholisi 0,5 mln.dan oshiq bo'lgan aholi punktlari kirishini inobatga oladigan bo'lsak, yirik shaharlarning soni 2-3 barobar oshib ketadi. Undan tashqari, katta shaharlar biron-bir hududda o'zaro qo'shilib ketadigan bo'lsa, megapolis (grekchadan «megas»-katta, «polis»-shahar) larni hosil qiladi. Masalan, Nyu-York megapolisidan 17 mln. kishi, Mexiko, Tokio, Moskva, Qoxira kabi megapolislardan ham shunga yaqin aholi istiqomat qiladi. O'zbekistonning va uning atrofidagi shaharlarida 3 mln. ga yaqin aholi yashaydi. Shaharlar soni bizda 60 yil ichida 120 taga ko'paygan va ulardan aholining 30% dan ortig'i istiqomat qiladi. Aholining shaharlarda kompakt holda yashashi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga ijobiy ta'sir qilishi bilan bir qatorda atrof tabiiy muhitning ekologik xavfsizlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shaharlarda tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi, suv va yer osti boyliklaridan foydalanish o'ta yuqori darajada bo'lgani uchun ham, ularda tabiiy obyektlarning holati to'lig'icha antropogen o'zgargan ko'rinishdadir. Shaharlarda tabiiy jarayonlar kishilarning xo'jalik faoliyati bilan uzviy bog'langandir. Ekologik tizimlarda nafaqat biologik yoki kimyo, balki fizik o'zgarishlar (elektromagnit maydon tebranishlari) ham o'ta kuchaygan ravishda namoyon bo'ladi. Ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra, shaharlarda quyosh radiatsiyasi 15% gacha kamroq yer yuzasiga yetib keladi. Yomg'ir, do'l va qorlar 10% gacha ko'proq yog'adi, tuman 30-100% ga ko'proq tushadi. Kasalliklar, ayniqsa, yuqumlilari, shaharlarda boshqa hududlarga nisbatan bir necha barobar ko'p ro'yxatga olingandir. Shaharlarda atmosfera havosining keskin yomonlashuvi tufayli aholi o'pka raki kasalliklari bilan qishloqdagilarga nisbatan 40 baravargacha yuqumli kasalliklar bilan esa 2 baravargacha ko'proq xastalanadilar. Shahardagi shovqin shaharliklarda asab kasalliklarini qishloq aholisiga nisbatan 75% gacha ko'paytirib yuborgan. N.K.Komilovaning ma'lumotlariga ko'ra Buxoro viloyati shaharlarida aholining qon va qon tomir, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.76 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.76 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga