Atmosfera havosi ifloslanishining iqtisodiy zararlari Atmosfera havosining ifloslanishi tufayli paydo bo'layotgan iqtisodiy zararlarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin. 1. Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida juda ko'p turli og'ir kasalliklar vujudga kelmoqda. Achchiq tuman va tutun (smog) dan ko'plab insonlar jismoniy va ruhiy kasalliklarga duchor bo'lmoqda. Bu nihoyatda yirik va tiklab bo'lmaydigan iqtisodiy zarardir. Atmosfera havosining ifloslanishi tufayli odamlarga kasallik varaqalari berilayapti, ularning davolanishi uchun sihatgoxlar qurilyapti, ishga chroqsiz bo'lib qolganlar, uchun nafaqa pullari to'lanayapti va hayotdan tez ko'z yumganlar uchun turli moddiy yordamlar ko'rsatilayapti. Bu ishlar har bir mamlakat uchun katta iqtisodiy .zarardir. Masalan, 1986 yil 26 aprelda CHernobl Atom Elektr Stansiyasida kutilmagan faloqat yuz berdi. Ushbu fojianing bartaraf etishda 400 ming kishi qatnashdi. SHundan 7 ming kishi hayotdan ko'z yumib, 30 ming kishi nogiron bo'lib qoldi. Hozirgi paytda yarim mln aholi fojia ro'y bergan hududlarda yashab kelmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, har bir ming kishidan faqat 11 kishigina sog'lom ekan. Bizning Respublikamizda ham ko'pgina mutaxasislar, duxturlar va oddiy ishchilar ushbu faloqat oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga faol fatnashganlar. SHuning uchun ularga nafaqa beriladi. Bu nafaqat Ukraina, Belorus va Rossiya uchun, balki bizning Respublikamiz iqtisodiyoti uchun katta, tiklab bo'lmaydigan iqtisodiy zarardir. 200 yil 15 dekabrda Ukraina radasi (parlamenti) CHernobl AES ni yopishga qaror qildi. 2. Atmosfera havosining ifloslanishi oqibatida qishloq xo'jaligi katta iqtisodiy zarar ko'rmoqda. Masalan, yirik sanoat korxonalari atrofida, metallurgiya, kimyo va tog'-konchilik korxonalari atrofida (5 km radiusda) ekilgan qishloq xo'jalik ekinlarning hosildorligi 25-30% ga, ularning sifat qo'rsatgiyalari esa 40-60% kamayib bormoqda. Serqtnov avtomobil yo'llari atrofida etishtiriladigan poliz va sabzavot mahsulotlari tarkibida qo'rg'oshin birikmalarining konsentrasiyasi uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyasidan 5-20 iarotaba ko'proq to'planadi. Bularning barchasi oqibatida iqtisodiy zararni vujudga keltiradi. 3. Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida vujudga keladigan achchiq tutun va tumanlar (smog)dan avtotransport vositalari, samolyot va vertolyotlar korroziyaga uchrab, ularning harakatlanishi qiyinlashayapti. Ularning ta'mirlash katta mablag'larajratishni taqozo yetadi. Ma'lumotlarga qaraganda, faqat 1962 yilda AQSHda atmosfera havosining ifloslanishi oqibatida 20 marta samolyotlar shakastlanishi (avariyasi) sodir bo'lgan. 1964 yilda Buyuk Britaniyaning 3 ta magistral yo'llarida vujudga kelgan smogdan 350 ta fojiali avtomobil haloqati sodir bo'lgan. 4. Atmosfera havosining ifloslanishi tufayli sanoat korxonalari texnologik jarayonlar va xususan asbob-uskunalar hamda qurilmalarning foydalanish muddati o'rgacha 1,5 baravariga qisqarayapti. Materiallarning tez-tez emrilishi va korroziyaga uchrashishi achinarli hol bo'lib qolmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, sanoat rivojlangan shaharlarda asbob-uskunalar va qurilmalarning korroziyaga uchrashish tezligi nisbatan kichik shaharlarga qaraganda 3 bararvar, qishloq joylariga nisbatan 20 baravar, alyuminiyda esa 100 baravar oshmoqda. Bundan tashqari, chang, qurum, achchiq tuman va tutunlar va gazlar ta'sirida kiyim-kechaklar, lok-buyoq ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.68 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.68 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:25 ]
Arxiv ichida: docx