Atmosfera havosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta'siri

Atmosfera havosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta'siri

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosfera havosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera havosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta'siri Atmosfera havosi tarkibidagi zararli chiqindilar (changlar, tutunlar, kanserogen moddalar, metall birikmalari) ochiq suv havzalariga katta salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tabiatda suvning tabiiy aylanishi (bug'lar-yog'ingarchiliklar-suv) doimiy bo'lib, daryo va ko'llarni, dengiz va okeanlarni, yer osti suvlari va atmosfera havosini to'yintirib turadi. Demak, atmosfera tarkibi qancha chang va zaharli gazlar bilan ifloslangan bo'lsa, ular yog'ingarchiliklar tufayli yerga kelib tushadi va salbsy o'zgarishlarga olib keladi. Atmosfera havosining antropogen ifloslanishi tufayli mintaqaviy iqlim o'zgarishlari, ya'ni iqlimning elementlari (bosim, harorat, namlik, yog'ingarchiliklar)da ham salbiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Hozirgi paytda atmosfera havosining antropogen ifloslanishi natijasida shahar iqlimining uning atrofidagi joylardagi iqlimidan farqi borligi aniqlangan. Masalan, shaharlarda ularning atrofiga qaraganda havo kondensasiya yadrolari va zarrachalarining miqdori. 10 baravar ko'p, bulutli kunlar yozda 5-10% ga, qishda tumanlar 80-100% ga, yomg'ir va yog'inarchilik kunlari 10% ga, yillik o'rtacha harorat esa 1% dan yuqori bo'lmoqda. YAlpi Quyosh ridiasiyasi 15-20% kam, ul'trabivafsha nurlari yozda 5%, qishda 30% kam, quyoshli kunlar esa 5% ga kam bo'ladi. Masalan, Samarqand shahrida uning atrofiga nisbatan bir yilda 6 marotaba ko'p tuman tushgan va 11 mm yog'in ko'proq yoqqan. Misol tariqasida shuni ham qayd qilish kerakki, bitta reaktiv samolyot yoqilg'isining kariyb 4%ni atmosfera havosiga chiqaradi. Atmosfera havosi tarkibidagi SO2 miqdorining ortib borishi sayyoramiz haroratini ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Agar keyingi yuz yil davomida atmosfera havosiga yiliga 4 mlrd t SO2 chiqarilgan bo'lsa, hozirgi paytda, yiliga 14 mlrd t SO2 chiqariladi. Ahvol shu tarzda davom yetadigan bo'lsa, atmosfera havosi tarkibidagi SO2 ning miqdori 15% dan 25% gacha oshadi va natijada o'rtacha harorat 0,50 S ga ko'tariladi. Bu esa, o'z navbatida, muzliklarning erishiga va turli xil salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.27 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.27 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga