Atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalar

Atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalar

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalar - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalar Atmosfera havosi 2 usul bilan ifloslanishi mumkin: Tabiiy (biologik) usulda. Sun'iy (antropogen) usulda. Tabiiy muhitda vujudga keladigan vulqovlar, shamol va yog'ingarchiliklar, tabiiy ofatlar (suv toshqini, zilzila) tufayli atmosfera havosi ifloslanadi. Bundan tashqari, atmosfera havosi tarkibigiga o'simliklar va hayvonot qoldiqlari, zaharli gazlar (SO2, NO2, SO2), uglevodorodlar (metan, etan, ammiak va boshqa gazlar va suyuqliklar), koinotdagi gazlar va chang zarrachalari tabiiy holda kelib qo'shiladi. Atmosfera havosining bunday ifloslanishiga tabiiy (biologik) ifloslanishi deyiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, yiliga koinotdan 1 mlrd t dan ortiq turli xil gaz va chang zarrachalari atmosfera havosiga kelib qo'shiladi. Bundan tashqari, yer yuzida 500 dan ziyodroq doimiy otilib turuvchi vulqonlar mavjud bo'lib, ularning har biridan yiliga 75 mln t gacha turli xil iflosliklar va changlar atmosfera havosiga qo'shilib turadi. YOki Orol dengizi sohillarining chekinishi tufayli vujudga kelgan 3,5 mln gektardan ziyodroq dengiz tubining tuzli maydonidan yiliga 100 mln t dan ortiq chang va tuz zarrachalari atmoefera havosiga qo'shilmoqda. Bularning barchasi tabiiy holda vujudga keladi. Ammo shu yerda bir narsani yodda saqlash kerakki, atmosfera havosi tarkibidagi tabiiy changlarniig ma'lum bir miqdori yerda sodir bo'ladigan barcha fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlarning kechishi uchun katta ahamiyatga ega. Atmosfera havosi tarkibidagi changlar suv bug'lari uchun kondensasiya yadrosi hisoblanadi va yog'ing'archiliklarni vujudga keltirib turadi. Ular Quyosh nurlarini yutib, tirik organizmlarni ortiqcha nurlanishidan saqlaydi, SHuning uchun, atmosfera havosi tarkibidagi changlar ma'lum darajada uning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi va atmosferada kechadigan barcha hodisa va jarayonlarni tartibga solib turadi. Atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchi manbalari quyidagilardan iborat: Sanoat korxonalari. Markazlashgan issiqlik va elektr tarmoqlari. Avtotransport vositalari. Qishloq xo'jaligi tarmoqlari. Maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari. Atmosfera havosining sun'iy (antropogen) usulda ifloslanishi inson faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir. Sanoat korxonalari, qurilish, energetika tarmoqlari, qishloq xo'jaligi, konchilik va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalaridan chiqadigan zararli gazlar, bug'lar, changlar, bakteriya va mikroblar atmosfera havosini sun'iy ifloslantiradi. Atmosfera havosiga chiqariladigan iflos moddalarning asosiy qismini zaharli gazlar (SO2, SO2, NO2), uglevodorodlar, chang, qurum, metal birikmalari tashkil yetadi. Ular ko'pincha organik moddalar va yoqilg'ilarni yondirish paytida vujudga keladi. Har yili atmosfera havosiga 200 mln t chang, 210 mln t SO2, 300 mln t qo'rg'oshin birikmalari va qurum, 700 mln t SO2 chiqariladi. Qurum tarkibida 1,5-2,0% benzoprin va dioksin kabi kanserogen moddalar mavjud bo'lib, ular nafas olish yo'llari orqali inson organizmiga kirib, rak kasalligini keltirib chiqaradi. Yoqilg'i (ko'mir yoki mazut) bilan ishlaydigan bitta elektr stansiyasi atmosfera havosiga sutkasiga o'rtacha 1,2 t SO2, 1,5 t NO2, 3-4 t SO2 va 10 t dan ziyodroq kul, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.34 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.34 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga