Atmosfera havosi, uning tarkibi va mohiyati Atmosfera havosi tabiiy holda 78% azotdan, 21% kisloroddan, 0,9% argondan, 0,003% karbonat angidirid (SO2) gazidan va qolgan qismi inert gazlarning mexanik aralashmalaridan iboratdir. Atmosfera havosi yer sharini isib ketishidan va sovub ketishidan himoya qiladi, tirik organizmlar hayotida aloqa vositasi, ya'ni to'liq tarqatish vazifasini bajaradi. Inson tanasi asosan 4 elementlardan tarkib topgan: S2, O2, N2 va N2 (ularning umumiy miqdori 98% ni tashkil yetadi). Qolgan 3% ni kaliy, kalsiy, fosfor, oltingugurt elementlari va 1% ni esa boshqa elementlar tashkil yetadi. O'simliklarda 45% uglerod, 42% kislorod, 6,5% vodorod, 1,5% azot mavjud bo'lib, qolgan 5% ni boshqa elementlar tashkil yetadi. Tirik organizmlarning barchasi atmosfera havosi tarkibidagi kislorod bilan nafas olib, SO2 gazini havoga chiqaradi. O'simliklar esa, fotosintez jarayoniga SO2 gazi qabul qilib, O2 gazini havoga chikaradi. Kislorod barcha yonish, achish va oksidlanish jarayonlarida ishtirok yetadi. Inson bir sutkada 500 l O2 gazidan iste'mol qilib, o'pka orqali qariyb 10 ming l havoni o'tkazadi. Bitta avtomobil bir sutkada 20-30 nafar odamga bir yilga yetadigan kislarodni sarflaydi. Inson nafas olganda qon tarkibidagi gemoglobin O2 ni biriktirib, qonga surilgan organik moddalarni oqsil va organik moddalarning vujudga kelishiga ishtirok yetadi. Kislorod atmosferada doimo dinamik muvozanatda bo'ladi. Nabotot olamini faoliyati tufayli atmosferada yiliga 10 tonna kislorod ajratiladi. Agar kislorodning dinamik muvozanati bo'lmaganda edi, ushbu faol molekulalar atmosferadan 10 ming yildayoq butunlay yo'q, bo'lib ketardi. Yer sharini o'rab olgan havo qatlami atmosfera deyiladi. Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo'lib, tirik organizmlarning yashash joyidir. Atmosfera bo'lmaganda edi, Yer shari kechalari va qish paytida o'z nurlari hisobidan sovib ketib, kunduzi va yoz paytida Quyosh radiasiyasi ta'sirida qizib ketardi. Mana shu hodisa Oyda bo'ladi, chunki u yerda atmosfera yo'q. Bundan tashqari, dengiz sathida 0oS 1 sm3 havoning massasi 1293 g ga tengdir. Yer yuzining har bir sm2 da 1033 g havo to'g'ri keladi. Havo zarrachalari odam kaftiga 1471 N kuch bilan va uning tanasiga 1471*103 N kuch bilan ta'sir yetadi. Ammo biz bu og'irlik kuchini sezmaysiz, chunki badanimiz havo bilan to'lgan va u tashqi bosim bilan muvozanatdadir. Agar ushbu muvozanat buzilsa, o'zimizni yomon seza boshlaymiz. Xuddi mana shu hodisani tog'ga chiqish paytida yoki suvga chuqur suzish paytida sezish mumkin. Masalan, 20 km balandlikda 1 sm3 havoning massasi 43 g ga teng bo'lsa, 40 km balandlikda uning massasi 4 g ga teng bo'ladi. Tabiatning tarkibiy qismi (komponentlari) va majmualari orasida o'zaro barqaror bog'liqlik va harakatini aavalgi holdagidek mavjud bo'lishiga yaqinlashtirish - ekologik muvozanatni qayta tiklash demakdir. Odam ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.19 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.19 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:26 ]
Arxiv ichida: docx