Atmosfera havosining ifloslanish darajasi

Atmosfera havosining ifloslanish darajasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Atmosfera havosining ifloslanish darajasi - rasmi

Material tavsifi

Atmosfera havosining ifloslanish darajasi Ifloslanish deganda, mazkur muhitda oldin uchramagan moddalarning paydo bo'lishi, sifat jihatidan muhitning oldingi gabiiy holatiga teng bo'lmagan holati tushuniladi. Atmosfera havosining ifloslaiishi har bir zaharli moddaning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK)si bilan belgilanadi. Zaharli moddalar deb, mehnat faoliyati jarayonida inson sog'ligiga salbiy ta'sir etib ish qobiliyatini pasaytiradigan, yurak, qon, o'pka va asab tuzilmalarini buzadigan darajada zaharlanishini vujudga keltiruvchi moddalarga aytiladi. Ular gazsimon, suyuq va qattiq holatlarda bo'lishi mumkin. Ish joyida zararli moddalarning RECHK si deb, 8 soatlik yoki undan ko'proq vaqt davomida, biroq haftasiga 40 soatdan oshmagan mehnat qilish jarayonida, butun :ish faoliyati davomida inson va undan qoladigan avlodning sog'ligiga salbiy ta'sir etmaydigan, ya'ni surunkali ta'siridan kelib chiqadigan kasalliklarni chiqarmaydigan zararsiz miqdoriga aytiladi va mgm2 birlikda o'lchanadi. Atmosfera havosining ifloslanish darajasi butun dunyo sog'likni saqlash tashkiloti tomonidan 4 guruhlarga bo'lingan: 1. Atmosfera havosining zararsiz tarkibi. 2. Kasallik ko'zg'atuvchi darajasi. 3. Surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi darajasi. 4. O'tkir kasalliklarni ketirib chiqaruvchi darajasi. Atmoefera havosi tarkibidaga zararli moddalarning RECHKsi 2 o'lchamda beriladi: 1. Birdaniga maksimal RECHK. 2. O'rtacha sutkalik RECHK. Birdaniga maksimal RECHK zararli moddalarning inson uchun xavfliligini ifodalovchi asosiy ko'rsatgich bo'lib, qisqa vaqt davomida atmosferadagi ifloslanuvchi moddalar ta'siridan hidni sezish, nurlarni sezish va bosh miyaning biologik faoliyatini o'zgarishidan ogohlantiradi. SHuni alohida ta'kidlash joizki, birdaniga maksimal RECHK texnologik jarayonlarning izdan chiqishi yoki shikastlanishi paytida atmosfera havosiga ko'shiladigan tashlamalar miqdorini ifodalaydi. O'rtacha sutkalik RECHK esa, bir sutka vaqt davomida atmosfera havosida mavjud bo'lgan zararli moddalarning eng kichik konsentrasiyalarini ifodalaydi. O'rtacha sutkalik RECHK inson organizmiga ta'sir yetadigan zaharli moddalardan, ya'ni mutagen, kanserogen va umumiy zaharlanish xususiyatiga ega bo'lgan moddalardan ogohlantiradi. yer sathida 20 min. vaqt davomida zararli moddalarning eng yuqori konsentrasiyalari Smax ularning birdaniga maksimal RECHK sidan kichik bo'lishi kerak, ya'ni Smax≤RECHK b. max (1) Lekin shunday real holatlar ham bo'ladiki, bir vaqtning o'zida atmosfera havosi tarkibidagi bir tomonlama ta'sir etish xususiyatiga ega bo'lgan bir - nechta zararli moddalar mavjud bo'lishi mumkin. Ularning o'lchovsiz konsentrasiyasining summasi 1 dan kichik bo'lishi lozim, ya'ni (2) Bu yerda, S1,S2,…,Sn - zararli moddalarning bir joyning o'zida aniqlangan konsentrasiyalari, mgm3; RECHK1, RECHK2,, RECHKn - o'sha moddalarning atmosfera havosidagi ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalari, mgm2. Quyidagi moddalarning havodagi aralashmalari bir tomonlama, ya'ni umumiy ta'sir etish xususiyatiga ega: oltingugurt dioksidi va azot oksidi; oltingugurt dioksidi va oltingugurtli vodorod (H2S); kuchln mnneral kislotalar (sulfat, azot, xlorid kislotalari); etilen, propilen, butilen, amilen; ozon (O3), azot dioksidi, formaldegid; aseton va fenol; asetaldegid va vinilasetat; N2S va dinil; furfurol, metanol va etanol; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.81 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.81 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga