Atmosferani muhofaza qilish Reja: 1. Atmosfera va uning qavatlari to'g'risida tushuncha. 2. Atmosfera havosining tarkibi va uning inson hayotidagi ahamiyati. 3. Atmosferaning gaz balansi va uni saqlash zaruriyati. 4. Atmosfera ifloslanishining oqibatlari va uning oldini olish choralari. Darsning maqsadi: Atmosfera havosi, uning tirik organizmlar uchun benihoya zarurligi, havoning gazlar tarkibi, u qaysi manbalardan ifloslanish mumkinligi, atmosfera ifloslanishning oldini olish tadbirlari to'g'risida tushuncha berish. Atmosfera va uning qavatlari to'g'risida tushuncha Atmosfera - Yer yuzini o'rab olgan havo qatlamidan iborat bo'lib, uning og'irligi Yer shari og'irligining milliondan bir bo'lagiga teng. Boshqacha qilib aytganda, atmosfera havosining umumiy massasi 500 trillion tonnadan ko'proq bo'lib, u yer yuzasining 1 kvG'sm. ga 1,32 kg. dan to'g'ri keladi. Ana shu miqdoridagi havoning yarmi 6 km. balandlikkacha bo'lgan qavatda, 99% 30 km. balandlikkacha bo'lgan qavatda, qolgan 1% esa uning 30-300 km. oralig'idagi qavatida joylashgan. Atmosferaning yuqori chegarasi qilib shartli ravishda 300 km. balandlik qabul qilingan, chunki bu balandlikda atmosfera havosining zichligi sayyoralararo bo'shliq havosi zichligiga tenglashadi. Yerdan baland ko'tarilgan sari havoning zichligi ya'ni uning bosimi kamaya boshlaydi, buni inson organizmi yaqqol sezadi. Yerdan 5 km. baland ko'tarilganda kishining boshi aylanib, ko'ngli aynaydi, unda «tog' kasalligi» paydo bo'ladi, aksincha tezlik bilan pastga tushganida, masalan samolyotda, havo bosimining keskin oshishidan quloq pardalari taranglashib, og'riydi. Atmosfera quyidagi qavatlardan tashkil topgan: 1) troposfera ( atmosferaning yerga bevosita tegib turgan eng pastki qatlami bo'lib, uning yer yuzidan balandligi qutblarda 10 km. gacha, ekvatorda 18 km. gacha boradi. Bu qatlam hayot manbai bo'lganligidan unga keyinroq batafsil to'xtalamiz. 2)stratosfera ( troposferaning yuqorisida joylashgan bo'lib, atmosferaning 18-80 km. oralig'idagi bo'shliqni egallaydi. Stratosferaning yerdagi tiriklik, shu jumladan inson uchun, ahamiyatli tomoni shundaki, atmosferadagi ozon gazining asosiy qismi ana shu qatlamda joylashgan. Ozon (O3) kislorodning allotropik shakl o'zgarishi bo'lib, u ultrabinafsha nurlari va yashin paytidagi elektr zaryadi ta'sirida kislorod molekulalarining parchalanishdan hosil bo'ladi. Ozon gazi atmosferaning 70 km balandligigacha bo'lgan qavatida uchraydi, biroq uning eng zich joylashgan o'rni 25-30km. balandlik oralig'ida bo'lib, bu yerda u «ozon pardasi» (ozon ekrani) ni hosil qiladi. Atmosfera tarkibida ozonning miqdori nisbatan juda oz. Uning og'irligi atmosfera havosi umumiy og'irligining 10 milliondan bir qismiga teng. Lekin shunga qaramay ozonning biosferadagi ahamiyati beqiyos kattadir. Agar Yer yuziga kelayotgan quyosh nurining 20% atmosferada tutib qolinadigan bo'lsa, buning 13% faqatgina ozon qavatida tutib qolinadi. Ozon qavati o'zida ayniqsa quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlarini ko'proq tutib qoladi va yerga uni me'yoriy miqdorda o'tkazadi. Ultrabinafsha nurining me'yorda bo'lishi tiriklik uchun muhimdir: uning yerga ko'p tushishi terini kuydirib, teri ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.05 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.05 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:26 ]
Arxiv ichida: doc