Atrof -muhit muhofazasining ekologik huquqiy asoslari va shaxsning javobgarligi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab tabiatni muhofaza qilish muammolariga katta e'tibor berib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, «Tabiatni muhofaza qilish» haqidagi qarorlar va boshqa qonun-qoidalarda tabiiy zaxiralar, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning ekologik huquqiy asoslari bayon qilingan. Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, ularning rivojlanishi davlatning huquqiy qoidalarida qayd qilingan. Davlatning ekologik dasturi, uning harakat qilish funksiyalari, inson bilan tabiatning katta-kichik elementlari, birliklari a'rtasidagi munosabatlar, ekologik normalar, shaxsning tabiatga bo'lgan huquq, vazifalari ekologik qonunlarda o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasining qonunlari: «Tabiatni muhofaza qilish» to'g'risidagi, «Suv va suvdan foydalanish haqida», «Yer to'g'risida», «Atmosfera havosi to'g'risida» qonunlar qabul qilingan. Ma'lumki, butun tabiiy obyektlar - yer, yer osti va yer usti boyliklari, suv, o'rmon, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonlar olamining vakillari davlat mulki hisoblanadi. Shu boyliklardan foydalanishning qonun-qoidalari bo'lib, davlatning maxsus ruxsati yoki viloyat, tashkilot bilan davlat o'rtasidagi shartnoma asosida tabiiy boyliklardan foydalaniladi. Davlat huquqiy qoidalariga binoan, mamlakatning har bir aholisi toza, sog'lom va go'zal tabiat, uning elementlari - yer, suv, o'rmon, o'simlik qoplami va hayvonlar vakillarini ijaraga olib, foydalanish huquqiga egadir. Eslatma: Ekologik ta'lim-tarbiyaning bu dasturi biz tomonimizdan 1991-yil «Atrof-muhit muhofazasi va ekologik ta'lim-tarbiyaga oid ko'p yillik o'quv va ilmiy dastur hamda rejalar» nomi bilan bosmadan chiqarilgan. Bu dasturda ekologik ta'lim-tarbiya bo'yicha bog'chalardan boshlab to oliygohlarda mutaxassislar tayyorlashning 2005-yilgacha rejalari ishlab chiqilgan. Ikkinchidan, har bir o'quv predmetining o'ziga xos dasturlari bo'lib, ular pedagoglarda bordir. Tabiat uning, tabiiy zaxiralari-havo, suv, yer boyliklari davlat va uning huquqiy tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi. Har bir tabiiy zaxiradan foydalanish ekologik va iqtisodiy tomondan rejalashtirilgan dastur asosida olib boriladi, nazorat qilinadi. Huquqiy va tashkiliy davlat nazorati: tabiatning holati, uni boshqarish ekologik nazorat formasi; davlat va turli tashkilotlar, korxonalararo ekologik nazorat, sanitar-ekologik nazorat va jamoatchilik (mahalla tozaligi, suv tozaligi) nazorati o'rnatiladi. Tabiat va tabiiy boyliklardan foydalanish jarayonida yo'llar, korxonalar, turli gidrotarmoqlar qurilishida har bir obyekt, uning loyihasi ahamiyati, tabiatga keltiradigan foyda va ziyoni har tomonlama o'rganiladi va ekologik ekspertizadan o'tkaziladi. Obyektning ekologik ekspertizasi bilimdon, tabiatning ekologik qonunlarini yaxshi biladigan mutaxassislar tomonidan ekspertiza qilinadi, baholanadi. Obyektning ekspertizasini keng jamoatchilik ham ko'rib chiqib, uning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlaydi. T.abiatda sodir bo'ladigan turli tabiiy ofatlar - yer silkinishi, yer siljishi, suv bosishi, qor ko'chishi, tinimsiz shamol, sel kelishi kabi ekologik ofatlarning oldini olish, kelib chiqish sabablarini aniqlash, tasodifan yuzaga kelgan tabiiy holatlar chegaralarining kengayishini to'xtatish kabi ekologik- huquqiy chora-tadbirlar ko'riladi. Shu yo'l bilan tabiatning turli qismlaridan yuzaga kelgan yomon holatlarga barham ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: docx