Atrof-muhitni muhofaza qilish tizimlari va qonunchiligi. Hozirgi paytda O'zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning quyidagi tizimlari faoliyati ko'rsatmoqda. 1. Respublika Oliy Majlisi (Parlamenti). U tabiatni muhofaza qilish davlat siyosati belgilaydi, qonuniy ekologik rasmiy hujjatlarni qabul qiladi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo'mitasi va boshqa muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo'naltiradi. 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. Vujudga kelgan barcha ekologik muammolar bo'yicha strategik qarorlarni qabul qiladi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga rahbarlik qiladi. 3. Respublika Vazirlar Mahkamasi. Tabiatni muhofaza qilish davlat siyosatini amalga oshirish bilan shug'ullanadi, ekologik maqsadlardagi davlat dasturlarini ishlab chiqaradi, ularni qabul qiladi, bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslar hisob-kitobini olib boradi va baholashga javob beradi. Uning vakolatiga barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari, korxona va muassasalar, tashkilotlar faoliyati va ekologik huquqiy me'yorlar, standartlarga amal qilish ustidan davlat ekologik nazorati, davlat ekologik ekspertizasini o'tkazish, atrof-muhit sifati me'yorlarini ishlab-chiqish, ifloslovchi birikmalar va chiqindilarni chiqarish va tashlashga ruxsatlar berish va bekor qilish kiradi. 4. Respublika Sog'liqni Saqlash Vazirligi. Ekologo-gegienik me'yorlar va himoya vositalari hamda tadbirlarini ishlab chiqardi, atrof-muhit sifati me'yorlarini: tasdiqlaydi. Aholi yashaydigan joylarda atmosfera havosini va ichimlik suvini ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash usullarini ishlab chiqaradi, ifloslaitiruvchi moddalar uchun ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalarning sanitariya me'yorlarini tasdiqlaydi. Turar joy uylari qurilishida yo'l qo'yiladigan shovqin darajasi, infratovush va past chastotali shovqinlarining yo'l qo'yiladigan darajasini belgilaydi. 5. Respublika Makroiqtisodiyot va Sitatistika Vazirligi. Atrof-muhit holatini qisqa muddatli va uzoq muddatli bashoratlarini tuzadi, shuningdek, xarajatlar va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari bo'yicha barcha axborotlarni umumlashtiradi. 6. Respublika Gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish Davlat Qo'mitasi. Atmosfera havosini muhofaza qiliga chora-tadbirlarini kerakli davlat muassasalari bilan kelshish, ekspertizadan o'tkazish va loyiha bo'yicha atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishiga ruxsatnomalar beradi, iqlim o'zgarishini bashorat qiladi, korxona va muassasalarning atmosfera havosidagi chiqindilardagi zararli va zaharli moddalar konsentrasiyalarini hisoblash usullarni ishlab chiqadi. 7. Respublika tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo'mitasi. Respublikada tabiatni muhofaza qilish, tabiiy zahiralaridan unumli foydalanish va qayta ishlab chiqarish masalalari bilan mana shu Davlat qo'mitasi shug'ullanadi. Qoraqaliog'iston Avtonom Respublikasi va barcha vnloyatlarda tabiatni muhofaza qilish qo'mitalari mavjud. Respublika tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo'mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Atrof-muhitning holati va undan foydalanish ustidan nazorat qiladi. 2. Tabiatni muhofaza qilish me'yorlarini buzuvchi sanoat obyektlarini qurish va ishlatishni man yetadi. 3. Vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, tabiatdan unumli foydalanish sohasida yagona ilmiy-texnik siyosatni ishlab chiqib, amalga oshiradi. 4. Ekologik me'yorlar, qoidalar va standartlarni tasdiqdaydi. 5. YAngi texnika va texnologiyalarni, shuningdek, yangi korxonalar qurilash loyihalari va rekonstruksiyasi bo'yicha davlat ekologik ekpertizasini o'tkazadi. 6. Moddalarni atmosferaga chiqarish, chiqindilarni yo'qotish, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.08 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.08 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: docx