Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslari Reja: 7.1 Biosferaning chidamlilik ostonasi va sig'im chegarasi. 7.2 Biosferaning tarkibi. 7.3 Biosferaning funksiyalari. 7.1 Biosferaning chidamlilik ostonasi va sig'im chegarasi. Atrof muhitning muhofaza qilishni ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish uchun eng avvalo tabiat qonunlarini va nixoyat insoniyat jamiyati bilan tabiat o'rtasidagi bog'liklik qonunlarini mukammal ravishda urganib chiqishimiz zarurdir. Kupchilik faloqatlar aynan ana shu bog'liklik qonunyatlarini hisobga olmay insonlarning tabiatga kursatayotgan ta'sirlari oqibatidan kelib chikmokda. Shu muammolarni tug'ri xal qilishda insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan tabiat o'rtasidagi bog'liklik qonunyatlarini o'rgatuvchi fan ekologiya faninig ahamiyati juda kattadir. Bu fan o'z mohiyati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, inson bilan tabiat o'rtasidagi aloqaning strategiya va taktikasini ishlab chikuvchi ilmiy baza vazifasini utaydi. Shuning uchun atrof muhit tirik organizmlarining yashashi uchun normal ekologik parametrlargi ega bo'lgan chegaralar mikiyosida, yani biosifera chegaralari urganiladi, Biosiferaning chidamlilik ostonasi va sig'im chegarasi de,ganda nima tushuniladi? Insonlarning tabiatga kursatayotgan ta'sirlari aytarli katta bo'lmagan takdirlarda ushbu muammo iqtisodiylarga kiritilmas edi. Yani tabiat xar doim bizga cheksiz xizmat kursatadi deb tushunilar edi, Lekin bugungi kundagi ahvol shuni isbotlab turibdiki, tabiat insonlarni uylamay, xaddan tashqari ko'p kursatadigan ta'sirlariga bardosh bera olmas ekan, yani u o'z o'zini qaytadan tiklab ulgura olmayapdi. Demak, tabiatni xar bir elementi uzining malum sig'im chegarasiga ega ekan. Antropogen ta'sir bu chegaradan oshib ketsa, u emirila boshlar ekan. Masalan, bir vaqtlar gullab yashnab turgan Tigr va Yefrat vodiylari sug'orish sistemasini notug'ri tuzilganligi va KX elementlarining ko'p ekilganligi tufayli tuproq erroziyasi va tuzlanish jarayonlari hisobiga chulga aylanib kolgan. Uralsk - Voljisk chullari xam notug'ri chorva boqilishi hisobiga hosil bo'lgandir. Oxirgi vaqtlarda yana shunday ekologik inqirozlardan biri orol dengizini ko'rishini hisobiga uning atrofida chullarning kengayib, tuproqda tuz miqdorini ortib borishidir. Natijada ichimlik suvining sifati yomonlashib, turli kasallik turlari ortib borayapdi. Atrof muhitning tabiat holatini buzilishi darajasi nafaqat atropogen ta'siriga, balki tabiat elementlarining aks taosir reaksiyasi va xossalariga xam bog'likdir. Tabiat elementlarining aks taosir reaksiyasi kupgina xollarda notekisdir: maolum miqdorgacha kuzatilayotgan ozginagina taosir hisobiga esa tabiatda juda kuchli aks taosirni boshlanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu taosir ekologik sistemalarning chidamlilik ostonasi deb ataladi. Keskin va intensiv ravishda kursatilayotgan taosir hisobiga biosfera ichki o'z o'zini boshqarish mexanizmi buziladi, yaoni ekologik inqiroz sodir bo'ladi. Biosfera - bu yerning tirik organizm va ularning yashash, mavjudlik muhitlarini tashkil etuvchi ulik tabiatni o'z ichiga oluvchi tashqi kobig'i (sfera)dir. (BIOS- hayot, yashash, srharia - shar). Biosfera tirik va ulik materiallarining o'zaro natijasini ifodalaydi. Biosfera haqidagi taolimotni buyuk olim akademik V.I.Vernadskiy 1926 yilda yaratgandir. Uning ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.74 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.74 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: docx