Atrof muhitni sanoat korxonalari tomonidan ifloslanishi Reja: Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi. Sanoat chiqindilarini tirik organizmlarga ta'siri. Sanoat chiqindilarini qayta ishlash. Paxta tozalash korxonalarini atrof muhitga ta'siri. 1. Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi. Kimyoviy moddalar tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to'fon, dovul, yong'inlar, qurg'oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi. Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta'siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xo'jaligining tiklanishi xalq xo'jaligining o'sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo'lishiga, chiqndilar bilan atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruhga bo'lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar. Hozirga qadar yer qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaharli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga ya'niy havo, tuproq va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO2); oltingurgut oksidlari (SO, SO2); vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inert gazlardan: frionlar (SN3ClF, C2H4ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar. Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi. Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu - zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o'g'itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha so'z ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.4 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.4 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:28 ]
Arxiv ichida: docx