Bioekos qonunlari

Bioekos qonunlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Bioekos qonunlari - rasmi

Material tavsifi

Bioekos qonunlari Ekologiya boshqa tabiiy fanlar kabi tabiat qonunlarini o'rganadi. Bu qonunlar guruhini bioekos qonunlari deb yuritamiz. 2.1 Qonun va qonuniyat haqida tushuncha 2.2 Bioekosning asosiy qonuni 2.3 Kommoner qonunlari 2.4 Evolyutsion va tizimli qonunlar 2.5 Xilma-xillik qonunlari 2.6 Ekologik qoidalar va prinsiplar 2.1.Qonun va qonuniyat haqida tushuncha. Yuqorida qayd etilganidek, ekologiya ekotizimlarning ichki va ular o'rtasidagi, xususan biotsenoz va ekotop (biotop) hamda ularni tashkil etuvchi komponentlari orasidagi munosabatni o'rganadi. Munosabatlar deganda obyektiv mavjud bo'lgan alohida guruhlar va ularning barqaror munosabatlarini hamda moddiy dunyo rivojlanishini va borliqni belgilovchi qonuniyatlar tushuniladi. Qonuniyatning obyektivligi shundaki, u inson ongi va hukmiga bog'liq bo'lmagan holda namoyon bo'ladi. Mavjudlik sifati talablariga javob beruvchi ba'zi qonuniyatlar qonunlar deb yuritiladi. Qonuniyatlar shuningdek, qonunlar sabab va oqibatlarning bog'liqligini ta'riflaydi, bunda sabab va oqibatlar ko'pincha o'rni bilan almashinishi mumkin. Boshqacha xususiyati esa uning mustaqilligi, ya'ni bir - biriga nisbatan bog'liq emasligidir. Biror qonun, hodisa sodir bo'lish sharoiti va mexanizmi mavjud bo'lsa, boshqasini «inkor» qilmaydi. Masalan, insoniyatning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari uning biologik qonunlarini inkor qilmaydi. Lekin qonuniyat va qonunning mustaqilligi, ularning o'zaro harakatini inkor qilmaydi. 2.2 Bioekosning asosiy qonuni. Bu qonun quyidagicha ifodalanadi: ekotizimlar tirik organizmlar rivojlanishiga yo'naltirilgan muhit sharoiti imkoniyatlari birligini tashkil qiladi. V.G. Nesterov (1991) bo'yicha, bioekosning asosiy qonuni tirik tabiat va atrofdagi tirik organizmlar muhiti munosabatlarini yaxshilash bo'lib, quyidagicha ifodalanishi mumkin: bu yerda 0-atrof muhit, B- tirik tabiat, 0 va B birlikda ideallikka intiladi ya'ni x→1. Shunday qilib, bu qonun muhitni 0 organizmlarning bir - biriga muvofiq kelish qiymatini ifodalaydi. «Qiymat» tushunchasi bu yerda organizmlarning miqdoriga yashash sharoiti mos kelishini ifodalash uchun qo'llanilgan. Biekosning asosiy qonuni boshqa tushunchalar singari oddiydir. Uning matematik ifodasini olishda 0 muhit tavsifi, B organizmi talablariga bo'linadi. B 0+(0-B)ga o'zgartirilib bioekos ulushining me'yori olinadi. Oxirgi ifodada |0+B| ning qiymati manfiy yoki musbat bo'lsa ham u ijobiy deb olinib 0 qiymatga qo'shiladi. V.G. Nesterovning ta'kidlashicha, bioekosning asosiy qonuni hech qanday tashqi kuchlar ta'sirisiz mavjud. Bu qonun tirik organizmlarni tashqi ta'sirining tomonidan foydalanib, salbiy tomonini bartaraf qilishini ifodalaydi. 2.3 Kommoner qonunlari. Xususan ekologik qonunlar, bioekosning asosiy qonuni, har bir kishiga tushunarli bo'lgan oddiy qoidalar to'plamiga keltirilishi mumkin. Buni Kommoner (1974) quyidagicha ifodalaydi: 1. Hamma narsa bir biri bilan bog'liq; 2. Hamma narsa qayoqqadir ketadi; 3. Tabiat -yaxshi- biladi; 4. Hech narsa bekorga berilmaydi. Lekin ekologik realizmni ishlab chiqish uchun bu qonunlar tushuntirilishi hamda nazariy bilimlar va haqiqiy ma'lumotlar bilan isbotlangan bo'lishi lozim. Birinchi qonun shuni ifodalaydiki, tabiatda bir biri bilan bog'liq bo'lmagan hodisalar bo'lmaganligi kabi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.33 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.33 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga