Biosfera haqida ta'limot. Biosfera va uning xususiyatlari. Biosfera (yunoncha bio-hayot, sfera-shar)-yerning hayotga makon bo'lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyi. Biosfera atmosferaning pastki qismi (troposfera)ni okean, dengiz, ko'l va daryo suvlari (gidrosfera)ni hamda Yer po'stining ustki qismini (litosfera) o'z ichiga oladi. Biosfera haqida ta'limotning nazariy asoslarini ishlab chiqish, chegaralarini aniqlash va Yerda uning rolini belgilashda akademik V.I.Vernadskiyning xizmatlari katta. Biosferaning xususiyati moddalarining biotik aylanma harakatidan iboratdir. Bir necha milliard yil davom etgan evolyutsiya biosferada berk sistema hosil qildi: o'simliklar karbonat angidridni yutadi, kislorodni ajratib chiqaradi (produtsentlar); hayvonlar kislorodni qabul qiladi, o'simliklarni eydi va karbonat angidrid ajratib chiqaradi (konsumentlar). O'lik hayvonlar va o'simliklarni bakteriyalar, zamburug''lar, qayta ishlaydi (destruktorlar). Ana shu sodda organizmlar o'lgan o'simlik va hayvon tanalarini emiradi, yuksak o'simliklar uchun zarur bo'lgan mineral yoki oddiy organik birikmalariga aylantiradi. Oxirgi mahsulotlarning parchalanish va emirilishi ana shu jarayonning uzluksiz davom etishiga olib keladi. Tabiatda bo'ladigan jarayonlarga tirik organizmlarning ta'sirini birinchi bo'lib ilmiy asosda V.V. Dokuchaev ko'rsatib bergan. V. V. Dokuchaev tuproq hosil bo'lish jarayoni nafaqat iqlim omillari, balki o'simlik va hayvonlar ta'siriga xam bog'liqligini ko'rsatdi. XX-asrning 20-yillarida V.I. Vernadskiy biosfera haqidagi ta'limotida yer yuzasidagi geoximik va energetik o'zgarishlarda tirik organizmlar belgilovchi ahamiyatga ekanligini aytib o'tdi. Biosfera, V. V. Vernadskiy tabiri bilan aytganda, planetamizning tirik organizmlar yashayotgan yoki kachonlardir yashagan va xar doim tirik organizmlar ta'sir qilib turadigan qismidir. Ayrim olingan organizmning yer tarixidagi ahamiyati juda past. Lekin organizmlarning soni juda ko'pligi sababli ularning yig'indisi yerning o'zgarishida muhim omil bo'ladi. Planetadagi barcha tirik organizmlarni V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan. Tirik organizmlar tomonidan yaratiladigan va qayta ishlanadigan moddalar biogen moddalar deb ataladi. Biosfera eng katta ekosistemadir. Tirik organizmlar litosferaning yuqori qatlamida, atmosferaning pastki qatlamida va gidrosferada tarkalgan. Kimyoviy tarkibi jihatidan tirik organizmlar bilan o'lik tabiat o'rtasida uncha katta farq yo'k. Lekin turli elementlarning nisbati jihatdan ular bir-biridan farq qiladi. Yerga keladigan energiyaning 99% ini quyosh energiyasi tashkil qiladi. Bu energiya atmosfera, litosfera, gidrosferadagi turli-tuman jarayonlarga sarflanadi. Yerda energiyaning sarflanishidan tashqari uning bog'lanishi va uzoq vaqtda zaxira sifatida to'planishini ta'minlaydigan yagona jarayon mavjud. Bu jarayon fotosentiz jarayondir. Tirik organizmlarning asosiy sayyoraviy vazifasi quyosh energiyasini bog'lash va zaxira holatida to'plash bo'lib, bu energiya keyinchalik biosferadagi ko'plab geoximik jarayonlarga sarflanadi. Tirik organizmlar o'z tarixi davomida juda katta energiyani o'zlashtirgan. Bu energiyaning kattagina qismi tarix davomida bog'langan holda to'planib kolgan. Bular ko'mir, torf va boshqa organik moddalardir. Biosferada mikroorganizmlar hayot faoliyat natijasida o'zgaruvchan valentli elementlarning (azot, magniy, ferrum) oksidlanishi va qaytarilishi amalga oshadi. qaytaruvchi mikroorganizmlar geterotrof bo'lib, energiya manbai sifatida ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.21 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.21 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: docx