Biosfera haqida ta'limot Biosferada hayotning paydo bo'lishi Biosferaning tirik moddalari Biosferadagi tirik moddalarning funksiyalari va geoximik sikllari Tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi, tabiat va uning turli yo'nalishdagi fanlarining kelib chiqishiga olib keldi. Tabiatni o'rganish borasida Aristotel, Al Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Mirzo Ulug'bek, Bobur Mirzo, Leonardo da Vinchi, Galiley, Kopernik, M.V. Lomonosov, J.L. Byuffon, J.B. Lamark, A. Gumbold, Ch. Darvin, V.V. Dokuchayev, V.I. Vernadskiy, vatandoshlarimiz Qori Niyoziy, Habib Abdullayev, Tesha Zohidov, Ahror Muzaffarov, Qodir Zokirov kabilarning xizmati beqiyosdir. Katta tabiatshunos olim J.B. Lamark (1744-1829) birinchi marta «Biosfera» atamasini fanga kiritib, uning asl ma'nosini hayot tarqalgan joy va Yer yuzasida bo'layotgan jarayonlarga tirik organizmlar ta'siri, deb ifodalaydi. Avstriyalik geolog olim E. Zyuss 1875-yili Lamarkdan keyin «Biosfera» terminini ikkinchi bora fanga kiritadi va Yerda tarqalgan maxsus qobiq deb izoh beradi. Yer yuzida tirik organizmlar ko'p, ular xilma-xil va turli hududlarda tarqalgan. Yer yuzasining hayot tarqalgan qismi biosfera bo'lib, unga tirik organizmlar ta'sir qiladi. Biosfera sayyoraning eng katta ekosistemasi sifatida ham qaraladi. Biosfera, odatda, uch qatlamdan, ya'ni ustki qatlam -litosfera, yuqori qatlam - atmosfera, suv qobig'i - gidrosferadan iborat. Shunday qilib, biosfera Yer shari (atmosfera, litosfera, gidrosfera)ning organizmlar tarqalgan qismi bo'lib, tarkibi, tuzilishi o'zgarib turish xususiyatiga egadir. Yerda hayotning paydo bo'lishi bilan biosfera hosil bo'lgan va sayyorada tiriklikning umumiy rivojlanishi boshlangan. Yerda hayotning paydo bo'lishi bundan 3-4 mlrd. yil awal deb ta'riflanadi. Biosferaning quruqlik va suv qismlarida tirik organizmlar tarqalgan, havoda esa faqat sista, sporalargina uzoq vaqtgacha turishi mumkin, lekin ular ham biror-bir substrat ustida, ozuqa bor joydagina rivojlanadi (tuproq yoki suv muhiti). Biosferaning ustki qatlami atmosferadan azon qatlamigacha 25- qalinlik, balandlikni egallaydi, shu qatlamning 10- balandligida bakteriyalar, sporalar, zamburug'', sodda tuzilgan boshqa organizmlar, ularning qismlari bo'lishi mumkin. Biosferaning bu qatlami azon qatlami bilan tutashadi; azon qatlami o'ziga xos ekran bo'lib, tirik organizmlarni ultrafiolet va boshqa kosmik nurlardan saqlaydi. Bu qatlamlar dengiz sathidan 20- yuqoridadir. Yer usti muhitida uchraydigan organizmlarning ko'pchiligi havoga, Yer ustidan 50- balandlikka ko'tarilishi mumkin. Ayrim qushlar 100- balandlikda uchsa, sayyoraning yuqori tog', tog' yonbag'irlarida ko'pchilik o'simlik va hayvonlar 4- balandlikda yashashga moslashgan. Ular shunday balandlikda past bosim, kislorod va havoda namlikning kamligi, suyuq suvning yo'qligiga adaptatsiya qilgan. Tog' qo'ylar (Ovis ammon) va quyonlar (Lepus tibetanus)ning ayrim turlari 5- balandlikda, yuqori tog' alp zog'chalar (Pyrrhocorax pyrrhocorax) hattoki balandlikdagi qoyalarda uchraydi. Biosferaning pastki chegarasi litosfera bo'lib, unda tiriklik 2- chuqurlikkacha tarqalgan: neft topilgan shunday chuqurliklarda turli mikroorganizmlar borligi aniqlangan. Litosferada asosiy hayot qatlami 1- chuqurlikkacha ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
228.2 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
228.2 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: docx