Biosfera ta'limot

Biosfera ta'limot

O'quvchilarga / Ekologiya
Biosfera ta'limot - rasmi

Material tavsifi

Biosfera to'g'risidagi ta'limot Reja: Biosfera va uning tarkibiy qismlari. Biosferada hayotning chegaralari. Biosferada moddalar aylanishi. Biosferada insonning faoliyati. Noosfera tushunchasi. Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari. Darsning maqsadi: biosfera va uning tarkibiy qismlari to'g'risida tushuncha berish, V.I. Vernadskiyning biosfera to'g'risidagi ta'limotining mohiyatini ochib berish, biosferaning fazoviy chegaralari va unda moddalar aylanishini jun misollar bilan tushuntirib berish, noosfera to'g'risida tushuncha berish hamda hozirgi kunda Yerda hayotni saqlab qolishning dolzarb muammolari to'g'risida fikr yurgizish. Biosfera va uning tarkibiy qismlari Biosfera - (gr. bios-hayot. «spaira»-shar) Yer sharining tirik organizmlar ta'sirida bo'lgan qismi bo'lib, uning tarkibi va energetikasi shu organizmlarga faoliyatiga bog'liq. Biosfera Yer yuzining tirik organizmlar yashaydigan yuza qatlami ekanligi to'g'risidagi tasavvurlar J.B. Lamarkdan boshlangan edi. Ammo u alohida termin sifatida fanga birinchi marta 1875 yilda avstriya geologi E.Zyuss tomonidan kiritildi. Zyussning fikricha biosfera - bu yer ustining tirik organizmlar yashaydigan yupqa po'stlog'idir. U biosferani chuqurroq tushuntirib bermadi. Yerning tiriklik muhiti ekanligi to'g'risidagi o'zidan oldingi fikrlarni rivojlantirgan rus olimi V.I. Vernadskiy 1926 yilda biosfera to'g'risidagi ta'limotni yaratdi. Bu ta'limotga ko'ra biosfera 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat: 1)tirik organizmlar 2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan mineral moddalar. 3)tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo'lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar. Tirik organizmlar tabiatda juda ko'p va xilma-xil bo'lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga (masalan, jonsiz predmetlarga) qaraganda o'zlarida kechadigan biokimyoviy jarayonlarning aktivligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun ham ular Yer yuzida o'zgarishlar yasashga qodirlar. Sayyoramizdagi barcha organizmlar, V.I. Vernadskiy fikricha tirik moddalar bo'lib, ularning asosida vazn, kimyoviy tarkib va energiya yotadi. Bu moddalarni Vernadskiy 3 guruhga bo'ladi: kos (o'lik) moddalar - bularning yaratilishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. Bularga abiotik muhitning omillari, masalan, quyosh radiatsiyasi, havoning namligi, bosimi, ximizmi va boshqalar kiradi; biogen moddalar - bular tirik organizmlar tomonidan yaratiladi va o'zlashtiriladi. Bunga toshko'mir, bitum, neft va ohaktosh kiradi; biokos moddalar -bular tirik organizmlar va abiotik muhit omillarining birgalikda ta'siri natijasida paydo bo'ladi. Bunga tuproq va tabiiy suvlar kirib, holati tirik organizmlarga bog'liq bo'ladi. Hozirgi vaqtda biosferaga yagona ekotizim sifatida qaraladi. U joylashgan o'rniga ko'ra 3 ta tarkibiy qismdan tashkil topgan. 1.Litosfera - (gr. litos - tosh) Yerning sirtqi po'stlog'i bo'lib, u g'ovak modda ya'ni tuproqdan iborat. Yer mag'zidagi barcha tirik organizmlar ana shu qavatda yashaydi. Tuproq va uning kelib chiqishini birinchi bo'lib rus olimi V.V. Dokuchayev o'rgangan. Uning fikricha tuproq tog' jinslarining quyosh energiyasi, namlik, va tirik organizmlar yordamida nurashidan hosil bo'ladi. Tuproq biosferaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.79 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.79 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga