Noosfera Reja: Noosfera - Tabiat taraqqiyotining yangi bosqichi. Tabiat - jamiyat - inson Ijtimoiy taraqqiyot to'g'risidagi yangi konsepsiyaga ehtiyoj. Noosfera to'g'risidagi ta'limot, uning mohiyati. XX asr - ogoµlantirish asri sifatida. 1924 yil Parijdagi ilmiy simpozium(anjuman)da rus olimi V.Vernadskiyning biosfera taraqqiyoti to'g'risidagi konsepsiyasi muxokamasida fransuz olimi E.Lerua «Noosfera» atamasini birinchi bo'lib kulladi. Bu termin turli talqinga ega bulsa-da, aql sohasi sifatida sodda ta'riflash keng tarkalgan. Aslida Noosfera biosferaning shunday bir holatiki, biosferani aql yordamida insoniyat umumiy manfaatlariga muvofik rivojlantirish, uning istiqbolini jiddiy o'ylab, yangi dunyoqarashni shakllantirish jarayoni boshlanishini anglab etishdir. Bunga ko'ra, ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT) va ayniqsa ilmiy texnika inkilobi (ITI) sharoitida Ona-tabiatni asrab - avaylash uchun insoniyat mas'uliyati nixoyatda oshib borayotganligini hisobga olib, yalpi umumiy harakat yo'nalishi belgilash zaruratini bilib olishdir. Ushbu kursda «tabiat-jamiyat-inson» kooevolyutsiyasini saklab qolish, uni yangi yuqori bosqichga ko'tarishda xar bir odam, odamlar uyushmalari faoliyatida, davlatlar geosiyosatida jiddiy o'zgarishlar bo'lishi, mafkuralarning asosiy yo'nalishi insonparvarlik ruhini karor toptirishga karatilishi to'g'risida bilim beradiki, uni anglab olish hozirgi zamondagi xar bir mutaxassis uchun xam farz, xam karzdir. Tabiat tushunchasi tor manoda Yer deb atalgan va Kuyosh sistemasiga kiradigan shu planetani anglatadi, keng manoda esa, bizni kurshab turgan Galaktika, undagi bizning Kuyoshimizdek, undan kichik va juda katta milliardlab yulduzlar, shuningdek, boshqa metagalaktikalarni anglatadi. Demak, olam manosida tabiat cheksiz-chegarasiz bo'lib, u xar jihatdan tartibli yaxlit sistemadir. Fan nuqtai nazaridan moddiy narsalarning barchasi o'z - uzidan mavjud va o'z - uzidan doimiy harakatda, bir holatdan boshqa holatga utib turish jarayonida mavjuddir. Ilm-fan olamdagi kuzga kuringan va kurinmaydigan barcha moddiy narsa (jism)larni bitta atama - meteriya kategoriyasi bilan ifodalaydi. Sinergetika nuqtai nazaridan barcha narsa, hodisa, jarayonlar tartibsiz (Xaos, yuklik) holatidan harakat natijasida tartibli bir sistemalarga kelib, muayyan qonuniyatli harakatga ega bo'lib koladi. Xaos - yuklik, tartibsizlikdan (bu xam materiya harakatining bir ko'rinishi) Koinot 1,5 10 - 2 10 , yani 15-20 milliard yil mukaddam o'z-uzidan vujudga kelib, etarli stukturaga ega bo'lmagan narsalardan yangi- yangi strukturali jismlar paydo bo'lgan. Ammo bu tartibga tushgan narsalarda barqarorlik va bekarorlik holatlari sodir bo'lib turadi. Kosmik jism bo'lgan Yer taxminan bundan 6-6,5 mlrd. yil mukaddam o'z -uzidan vujudga kelgan, 3,8 mlrd yil mukaddam Yerda hayot alomatlari paydo bo'lgan. Tiriklik sohasi taraqqiyotining malum bir bosqichida dastlabki ibtidoiy odamlar 3-5 million yil mukaddam bir tur sifatida o'z - uzidan paydo bo'lgan va hozirgi fiziologik va intellektual salohiyatga ega bo'lgan odam zoti - Homo sapiens - Aklli inson bundan 50-40 ming yillar oldin vujudga kelgan. Bu tipdagi odam miya yarim sharlarida rivojlangan ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.74 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.74 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: docx