Biosfera va unda kechayotgan jarayonlar Reja: Biosfera haqida tushuncha. Biosferada modda va energiya almashinuvi. Atrof muhitga tirik organizmlarning moslashuvi. Noosfera - biosferaning yangi sifat holati. Biosfera haqida tushuncha. Yerning tirik organizmlar va biogen cho'kindi jinslar tarqalgan qismini rus olimi akademik Vernadskiy V.I. (1920) (grekcha bio - hayot, sfera - shar) deb nomlagan. Katta tabiatshunos olim J.B. Lamark birinchi marta «Biosfera» atamasini fanga kiritib, uning asol ma'nosini hayot tarqalgan joy va Yer yuzasida bo'layotgan jarayonlarga tirik organizmlar ta'siri, deb ifodalaydi. Avstraliyalik geolog olim Y.Zyuss 1875 yili Lamarkdan keyin «Biosfera» atamasini ikkinchi marta fanga kiritadi va Yerda tarqalgan maxsus qobiq deb izoh beradi. Biosfera yerda hayot paydo bo'lgandan beri to'xtovsiz rivojlanib kelmoqda. Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig'i hisoblanib, tirik organizmlarning o'zaro chambarchas aloqa va munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuasini tashkil qiladi. Biosferaga faqatgina yerning qobig'ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmasdan, balki qadimgi davrlardan organizmlar ishtirokida hosil bo'lgan litosferaning bir qismi ham kiradi. XX asr boshlarida rus olimi, geolog V.I. Vernadskiy geoximiya, biogeoximiya va radiogeologiya tadqiqotlari asosida biosfera ta'limotnni yaratadi. 1926 yilda olimning «Biosfera» nomli kitobi chop etilgan. Undagi izoh bo'yicha biosfera - bu sayyoraning hayot rivojlanayotgan qismi va bu qism doimo tirik organizmlar ta'siridadir. Biosfera o'z ichiga atmosferaning quyi qatlamlari ya'ni troposferaning (10-15) km gacha ba'zan balandlikdagi stratosfera qatlamida tinim holidagi chang dalachalari, o'simlik urug'lari, spora holidagi mikroorganizmlar uchrashi hisobiga qamrab oladi. Yer yuzasi qattiq qobiq litosferadan iborat bo'lib, uning qalinligi odatda 3060 bazan 100- va undan ortishi mumkin. Keyingi yillarda shunisi ma'lumki, chuqurlikdagi neft haydovchi suvlarda mikroorganizmlar uchrashi kuzatilgan. Suvlikda tirik organizmlar uchramaydigan ba'zi nuqtalar uchrasada suvlik to'la ravishda biosfera tarkibiga kiritiladi. Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig'indisini akademik V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan. Tirik organizmlarda Mendeleev davriy sistemasidagi barcha elementlar uchraydi. Biosferada tirik organizmlar miqdori haqida aniq ma'lumotlar bo'lmasa ham, o'simlik biomassasi hayvonlar massasidan bir necha marta aniq ekanligi haqida ma'lumotlar bor. Biosfera uchun quyidagi xususiyatlar xarakterli hisoblanadi. Ko'p miqdorda suvning bo'lishi, juda ko'p miqdorda quyosh nurining tushishi, uzluksiz ravishda modda va energiya almashinuvi, doimiy tabiiy tanlanish. Tabiatda moddalarni almashinuvi. Ma'lumki tabiatda moddalarning aylanishi uchun uch guruh organizmlarning bo'lishi shart. Produsentlar (hosil qiluvchilar). Konsumentlar (iste'molchilar). Redusentlar (parchalovchilar). Hayotni produsentlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular birlamchi biomahsulotlarni hosil qiladi. Konsumentlar birlamchi va ikkilamchi biomahsulotlarni iste'mol qilgan holda, organik moddalarni bir holdan ikkinchi holga o'tkazadi va hayot xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Bu o'z navbatida turlarning evolyusiyasiga olib keladi. Redusentlar organik moddalarni mineral moddalarga parchalab, sayyoramizni o'lik qoldiqlardan iborat bo'lgan katta mozor ning kelib chiqishiga imkon bermaydi. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.23 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.23 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: docx