Biosferaning ekologik muammolari. Atrof muhitni ifloslanishi tabiat va inson faoliyati bilak bog'liq tarzda ruy berishi mumkin. Tabiiy ifloslanishning asosiy manbalari: vulkonlar otilishi, sel, zilzila, kuchki, suv toshkini, kuchli shamollar, yonginlar kabi tabiiy jarayonlar natijasida sodir bo'ladi. Vu turdagi ifloslanish bevosita tabiiy jarayonlar bilan bog'liq bo'lib, unda inson ishtiroki bo'lmaydi. Inson xo'jalik faoliyati bilan bobik barcha ifloslanishlarni bazan antropogen ifloslanish, deb ataladi. Antropogen ifloslanish tabiat komponentlari bo'yicha: suvning ifloslanishi, havo yoki tuproqning, yana shuningdek, landshaftlarning ifloslanishi kabi guruhlardan iborat. Antropogen ifloslanish davomiyligiga ko'ra: vaqtinchalik va doimiy; tarqalish kulamiga ko'ra: sayyoraviy (global), hududiy (regional) va mahalliy (lokal) guruhlarga ajratiladi. Ifloslanish turi va manbalari jihatidan: fizik, kimyoviy, biologik, mexanik va boshqa turlarga bulinadi. Ularning yana qator tarmoqlari bor. Masalan,. fizik ifloslanishning o'zi issiqlik, yorug'lik, shovqin, radiaktiv, elektromagnit bilan ifloslanishga ajratiladi. Antropogen ifloslanish kuchaygan sari turli muammolarni, bazan inson hayoti uchun o'ta xavfli ekologik muammolarni keltirib chiqarayotganligi kun sayin ravshanlashmokda. ayniqsa, ushbu muammolarning ta'sir kuchi va kulami ortib borayotganligi juda tashvishli xoldir. yuqorida kayd etilgan keskin muammolardan biri sayyorviy geoekologik muammolardir. Geoekologik muammolarning aynan, ushbu turining o'ziga xos xususiyati Yer yuzidagi barcha insonlarga taallukli ekanligidir. Inson tomonidan chiqarilgan chiqindilarning bir qismi atmosferada, bir qismi okeanlarda tuplanmokda, yani chiqindilar izsiz yo'qolmaydi. Endi ular umumbashariyat hayotiga xavf tugdirmokda. Shu tufayli xam sayyoraviy geoekologik muammolarning mohiyatini bilish, ularni bartaraf qilish yo'llarini izlash va zudlik bilan amalga oshirish barcha mamlakatlar oldidagi yechimini kutayotgan bosh masala bulmogi darkor. Sayyoraviy geoekologik muammolarga kuyida qisqarok tarzda bo'lsa xam tuxtalamiz. Dunyo «issikxonasi samarasi». Yer atmosferasi tarkibidagi barcha gazlar uziga yarasha vazifalarini bajaradi. Xususan is gazi (SO2) Yerdagi haroratni bir xilda ushlab turishi tufayli sayyoramizning «kurpasi» hisoblanadi. Is gazining atmosfera havosi tarkibidagi ulushi foiz bo'yicha 0,03 ni tashkil etsada, mavsumlar davomida tabiiy holda uzgarib turadi. ma'lumotlarga karaganda, hozir inson tomonidan yiliga o'rtacha 22 mlrd. t.dan ortik, is gazi atmosferaga chiqarilmokda. Mutaxassislarning fikricha, atmosfera tarkibidagi ushbu gaz miqdori keyingi asr mobaynida 10-15 % ra oshgan. XI asr o'rtalariga borib, 40% ra ortishi bashorat kilinmokda. Yerdagi haroratning o'rtacha ko'rsatkichi (15atrofida) ko'tarilishi aynan ushbu gaz miqdorining ortishi bilan bog'liq. Is gazi Quyoshdan kelayottan qisqa to'lqinli nurlarni ko'p qaytarib, ayni vaqtda Yerdan kaytgan uzun to'lqinli nurlarni tutib qolishi «issiqlik samarasi» jarayonini ruyobga chiqaruvchi asosiy manbadir. Keyingi 100 yil mobaynida Yer shari o'rtacha harorati ortganligi kayd etilmokda. Agar shutarzdadavometaversa, yangi asr o'rtalarida Yerning o'rtacha harorati 3- qadar oshishi kutilmokda. haroratning muntazam ortib borishi qanday ekologik muammolarni keltirib chiqarishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nimalar bilan tugallanishini mutaxassislar tomonidan ilmiynazariy jihatdan ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.75 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.75 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: docx