Buxoro viloyatidagi suv muammolari va oqova suvlarni o'simliklar yordamida tozalashning istiqbollari. Ma'lumki, Zarafshon daryosi Turkiston tog'ini kesib o'tib, Nurato bilan Zirabuloq.-Ziyovuddin tog'larini ajratib turadi. Zarafshon daryosi XX asriing 60 yillariga qadar viloyat aholisining ichimlik suvga bo'lgan ehtiyojlarini to'liq ta'minlab kelgan. Bugungi kunga kelib 15 km uzunlikda daryo, qolgani esa markaziy zovur vazifasini bajarib kelmoqda. Hozirgi paytda Zarafshon daryosi CHirchiq daryosi va Salor arig'i, shuningdek boshqa suv manbalariga qaraganda o'ta xavfli moddalar bilan Samarkand hududidayoq butkul ifloslanadi. Bundan tashqari, Navoiy viloyati hududida daryo o'zani qirg'oqlarida kurilgan ko'plab chorvachilik komplekslaridan chiqariladigan chiqindilar va oqova suvlari Zarafshon daryosini yanada ifloslantirmoqda. Daryo suvlaridan Navoiy GRES trubinalarini sovutishda ham qo'llaniladi. Bu esa, daryo suvlarini bakteriyalar va kimyoviy moddalar bilan ifloslantiradi, chunki trubinalar va boshqa tajxizotlar suvli kislotalar bilan tozalanadi. Demak, GRES dan daryoga oqizilayottan oqova suvlari Zarafshon daryosini yadada ifloslantiradi. Navoiy G'RES i haftada 30 tonnagacha kislotali oqova suvlarni Zarafshon daryosiga oqizib kelayapti. Natijada Buxoro shahrining toza ichimlik suv manbalari hisoblangan Harxur va SHoxrud kanallari ifloslanib, hatto yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi butunlay o'zgardi va iste'mol qilish uchun yaroqsiz holatga kelib qoldi. Oxirgi yillarda Zarafshon daryosining suvlari me'yorga nisbatan 2-3 marotaba ifloslangan: Navoiy GRES idan keyin suvning tarkibida me'yorga nisbatan magniy - 2 marotaba, fenol va tyemir birikmalari - 4 marotaba, xrom - 5 marotaba, neft mahsulotlari - 5,3 marotaba, sulfatlar - 6 marotaba, mis esa - 26 marotaba yuqoridir. Buxoro viloyatida 70 m chuqurlikdaga yer osti suvlari ham ifloslanib qolgan. SHuning uchun Navoiy shahri, Qizilteppa va Navbahor tumanlari, shuningdek Buxoro viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash katta muammoga aylanib qoldi. Zarafshon daryosining normal sanitariya-gigiyenik holatini yaxshilash uchun daryoga 30-35 ming m3 suv oqizilishi lozim. Ammo oxirgi yillarda bu ko'rsatgich bor-yo'g'i 20 ming m3 suvni tashkil etmoqda. Buxoro viloyatida 18,9 ming km sug'orish sistemalari mavjud. Xo'jaliklararo kanallarning 10% i va xo'jalik ichidagi kanallarning 8,3% i betonlashtirilgan. 1990 yida 1 gektar ekinzorni sug'orish uchun 16,9 ming m3 suv sarflaydi. Viloyatimizda kanallarning foydali ish koeffisienti 57% ni, Respublikada esa 64% ni tashkil yetadi. AQSH da bu ko'rsatgich 86% ni tashkil qiladi Viloyat aholisining 34% i, qishloq aholisining 6% i vodoprovod suvi bilan ta'minlangan, xolos. Viloyat bo'yicha 22 jamoa xo'jaliklarda vodoprovod o'tkazilgan. Aholining 45% i kanalizasiya bilan ta'minlangan. Viloyat sanoat korxonalarida 60 ta tozalash inshootlari mavjud bo'lib, shundan yarmi to'liq quvvat bilan ishlamaydi, 8 tasi umuman ishlamaydi, 32 ta korxonalarda esa tozalash inshootlari umuman qurilmagan. 1990 yilda viloyat bo'yicha oqova suvlarning hajmi 30 mln, m3 ni tashkil etgan. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.67 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.67 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: docx