Chang cho'ktirish kameralari Ma'lumki atmosfera havosiga chiqariladigan barcha chiqindilar havo tarkibini buzib ko'pgina kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. SHuning uchun atrof-muhit musaffoligini saqlash katta iqtisodiy-ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega. Atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalash asosan 2 usulda amalga oshiriladi: Atmosfera havosini quruq usulda tozalash. Atmosfera havosini ho'l usulda tozalash. Atmosfera havosiga chiqariladigan quruq chang zarrachalarning o'lchamlariga qarab, havo changdan quyidagi tozalash qurilmalari yordamida tozalanadi. Chang cho'ktirish kameralari. Siklonlar. Skrubberlar. Filtrlar. Elektr filtrlar. Absorberlar. Ushbu tozalash qurilmalarining ishlash prinsiplari va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari bilan tanishib chiqamiz. Ularning orasida chang cho'ktirish kameralari alohida o'rin egallaydi. 1-rasm. Gorizontal chang cho'ktirish kamerasi. 2-rasm. Ko'p polkali chang cho'ktirish kamerasi. 3-rasm. To'siqli chang cho'ktirish kamerasi. 4-rasm. Sim pardali chang cho'ktirish kamerasi. Og'irlik kuchi ta'sirida changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun davriy yoki yarim uzluksiz ishlaydigan tozalash qurilmasi chang cho'ktirish kamerpasi deyiladi. Ularning turli ko'rinishlari 1-4 rasmda ko'rsatilgan. Changli havo oqimi kameralarda ma'lum tezlik bilan harakat qilib, chang zarrachalari o'z og'irlik kuchlari ta'sirida chang yihgich kameralaridan biriga tushadi, tozalangan havo esa qurilmadan chiqib kyetadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, chang cho'ktirish kameralari changli havo tarkibidan o'lchamlari 100 mkm dan yuqori bo'lgan qattiq chang zarrachalarini ushlab qolishga mo'ljallangan va ular birinchi bosqichda havoni tozalash uchun ishlatiladi. Tozalash kamerasida changln havo oqimining tezligi 1 ms bo'lganda, changli havoni tozalash darajasi 60-80% ni tashkil etishi mumkin. CHangli havo oqimining tezligi 3 ms ga egganda tozalash darajasi 40-50% dan oshmaydi, chunki tezlik oshganda chang yig'gich kamerasidagi cho'kkan chang zarrachalari yana harakatga kelib, tozalangan havo bilan aralashadi va ikkilamchi ifloslanishni vujudga keltiradi. SHuning uchun changli havo oqiminint tezligi 3 ms dan oshmasligi kerak. Changli havo oqimini sekin harakatini ta'minlash uchun chang cho'ktirish kameralarning hajmi ancha kattaroq qilib yasaladi. SHuning uchun bunday qurilmalar oddiy tuzilishga ega bo'lsalarda, ammo katta joyni egallaydilar. Ishlab chiqarish korxonalarida ko'p polkali chang cho'ktirish kameralardan foydalaniladi (2-rasm). Kamera gorizontal polkalar bilan bir necha polkalarga bo'lingan. Kamerada changli havo oqimi sekin harakat qiladi va chang zarrachalari polkalarga urilib, o'z og'irlik kuchlari ta'sirida cho'kadi. Ushbu kameralarda chang zarrachalarining cho'qish vaqti ancha kamayadi. Kameradan changlarni chiqarish uchun polkalar ma'lum burchak ostida qiya qilib o'rnatiladi va ular maxsus silkituvchi qurilmaga ulanadi. Silkituvchi qurilmaning asosiy vazifasi polkalarni silkitib, ularning sirtida cho'kkan chang zarrachalarni tushirishdan iborat. To'siqli chang cho'ktirish kameralarida (3-rasm) changli havo oqimi to'siklarga urilib, chang zarrachalari o'z og'irlik kuchlari va inersiya kuchlari ta'sirida chang yig'gich kamerasiga kelib tushadi. Ushbu tozalash qurilmasi ham dag'al tozalash qurilmalari guruhiga mansub bo'lib, ularda havoni tozalash darajasi 50-60 % ni ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.87 KB
Ko'rishlar soni
281 marta
Ko'chirishlar soni
62 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.87 KB
Ko'rishlar soni
281 marta
Ko'chirishlar soni
62 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: docx